Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

OCHL. Otabek Shukurov jamoasi mag‘lub bo‘ldi, «As-Sadd» 6 ta gol urilgan o‘yinda ochko yo‘qotdi

OCHL. Otabek Shukurov jamoasi mag‘lub bo‘ldi, «As-Sadd» 6 ta gol urilgan o‘yinda ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasining ikkita guruhida 15 sentyabr, seshanba kuni 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

"C" guruhida harakat qilayotgan «Sharja» jamoasi «Ad-Duhayl» bilan bahs yuritdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Almoiz Ali qatarliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Ramin Rizoyan jamoasining ikkinchi golini urdi. Bunga BAA klubi 59-daqiqada Igor Koronadoning goli bilan javob qaytardi.

Mazkur bahsda amirliklar safiga to‘p tepuvchi o‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov to‘liq harakat qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Persepolis» va «At-Tovun» jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Shoja Xalilzoda tomonidan 83-daqiqada urilgan gol forslarga g‘alaba keltirdi.

"D" guruhi peshqadamlaridan biri «As-Sadd» BAAning «Al-Ayn» jamoasi bilan bahs yuritdi. Uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Guruhining ikkinchi o‘yinida «An-Nassr» Abdurazzoq Hamdullohning ikkita goli evaziga «Sepahon»dan ustun keldi.

OCHL, 3-tur bahslari
15 sentyabr, seshanba
«Ad-Duhayl» Qatar — «Sharja» BAA 2:1
Gollar: 1:0 – 42 Almoiz Ali, 2:0 – 52 Rizoyan, 2:1 – 59, penalti Koronado.

«Persepolis» Eron — «At-Tovun» Saudiya Arabistoni 1:0
Gol: 1:0 – 83 Xalilzoda.

«Al-Ayn» BAA — «As-Sadd» Qatar 3:3
Gollar: 1:0 – 5 Laba, 1:1 – 35 Afif, 2:1 – 39 Islomxon, 2:2 – 55 Kasorla, 2:3 – 61 Bunedja, 3:3 – 67, avtogol Xuxi.

«Sepahon» Eron — «An-Nassr» Saudiya Arabistoni 0:2
Gollar: 0:1 – 29 Hamdulloh, 0:2 – 48 Hamdulloh.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:13, 16.09.2020.
O'qildi: 3320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.