Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Dost nishonda

Angliyaning «Tottenhem» klubi ustozi Joze Mourinyo markaziy hujumchi izlashda davom etmoqda.

“The Guardin” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, klub nishonida “Ayntraxt” klubi forvordi Bas Dost turibdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «shporlar» gollandiyalik futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Odoi Myunhenda?!

Myunhenning «Bavariya» klubi «Chelsi» yarim himoyachisi Xudson-Odoi bilan shartnoma imzolamoqchi.

“Daily Mail” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa 19 yoshli futbolchi bilan o‘tgan mavsumda shartnoma imzolamoqchi edi, ammo «Chelsi» o‘z futbolchisini sotishni istamadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Kallum Xudson-Odoi katta ehtimol bilan yangi mavsumni ijara asosida boshqa klubda o‘tkazadi.

«Everton»da ko‘tara savdo

Angliyaning «Everton» jamoasi transfer oynasi yopilguniga qadar bir nechta futbolchilarini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

“The Mirror” nashrining ma’lum qilishicha, jamoani Moyze Kin, Aleks Ivobi, Teo Uolkott, Gilfi Sigurdson va Bernardlar tark etishi mumkin.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa Xames Rodriges, Allan va Dyukare uchun katta pul sarf etgani uchun ham bir nechta futbolchilarni sotib yuborishga majbur.

Martines ketmoqchi

Angliyaning “Arsenal” jamoasi darvozaboni Emelio Martines jamoadan ketishga qaror qildi.

Futbolchining agenti bergan ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik darvozabon allaqachon “Aston Villa” bilan shaxsiy shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Martines “Arsenal” jamoasida o‘yin amaliyotisiz qolib ketishni istamayapti. Shu sababli, Birmingem klubi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Emerson nishonda

Angliyaning «Chelsi» klubi himoyachisi Emerson faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

“The Sun” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi bilan «Vest Hem» va «Inter» klublari jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Emerson «Chelsi» bilan 2018 yilda shartnoma imzolagan va bu kelishuv 2022 yilda o‘z kuchini yo‘qotadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:05, 17.09.2020.
O'qildi: 9737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.