O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov JCH-2026 ishtirokchilari orasidagi eng qimmat markaziy himoyachilar reytingida beshinchi o‘rinni egalladi.
TransferRoom platformasi ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan 22 yoshli futbolchining bozor qiymati 62,2 million yevro deb baholanmoqda.
Reytingda birinchi o‘rinni Pau Kubarsi egallab turibdi. "Barselona" himoyachisining transfer qiymati 118 million yevroni tashkil qiladi.
Ikkinchi pog‘onadan Vilyam Saliba o‘rin olgan bo‘lib, "Arsenal" futbolchisi 90,5 million yevroga baholangan. Uchinchi o‘rin esa Mark Gexiga tegishli. "Manchester Siti" a’zosining qiymati 84,6 million yevroni tashkil etadi.
JCH-2026dagi eng qimmat markaziy himoyachilar reytingi:
-
Pau Kubarsi (Ispaniya, «Barselona») — 118 mln yevro
-
Vilyam Saliba (Fransiya, «Arsenal») — 90,5 mln yevro
-
Mark Gexi (Angliya, «Manchester Siti») — 84,6 mln yevro
-
Villian Pacho (Ekvador, «PSJ») — 69,5 mln yevro
-
Abduqodir Husanov (O‘zbekiston, «Manchester Siti») — 62,2 mln yevro
-
Luka Vushkovich (Xorvatiya, «Tottenhem») — 59,8 mln yevro
-
Ruben Diash (Portugaliya, «Manchester Siti») — 57,7 mln yevro
-
Gabriel Magalyayns (Braziliya, «Arsenal») — 56,8 mln yevro
-
Dayo Upamekano (Fransiya, «Bavariya») — 56,1 mln yevro
-
Erik Garsiya (Ispaniya, «Barselona») — 55 mln yevro
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanma oldi. Fabio Kannavaro shogirdlari JCH-2026 K guruhida Kolumbiya, Portugaliya va DR Kongo bilan birga kurash olib bormoqda.













