Kirish Ro'yxatdan o'tish

Usmon Dembelega APL yetakchisi qiziqmoqda

Usmon Dembelega APL yetakchisi qiziqmoqda

Baho:
+ | -

SPORT portalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Angliyaning «Liverpul» klubi Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda.

«Qizillar» fransiyalik futbolchining transferi borasida "Barselona" klubiga so‘rovnoma yubordi.

Xabarda aytilishicha, "mersisaydliklar" 23 yoshli fransiyalik futbolchini ijaraga olmoqchi va keyinchalik sotib olish huquqini o‘zlarida saqlab qolmoqchi. Ushbu bitimning amalga oshishini Yurgen Kloppning shaxsan o‘zi istamoqda.

Yakuniga yetgan mavsumda Dembele "Barsa" tarkibida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol kiritdi. Qolgan vaqtini jarohatini davolash bilan o‘tkazdi.

Kiritildi: 00:36, 19.09.2020.
O'qildi: 8937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик