Madridning "Real" klubi futbolchisi Garet Beyl Londonning "Tottenxem" klubi ixtiyoriga yetib keldi, biroq, hozircha shartnoma imzolagani yo‘q.
Marca nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, uelslik futbolchi jarohati sababli, kamida 4 hafta maydon tashqarisida bo‘ladi.
Avvalroq "Real" "shporlar" bilan futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi. Londonliklar 31 yoshli Beylni 2021 yilning yozigacha ijaraga olmoqda.