Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Orif Tolipovdan anons: "MYU" uchun start qanday bo‘ladi?"

Orif Tolipovdan anons: "MYU" uchun start qanday bo‘ladi?"

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” yangi mavsumga ligadagi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya bilan kirib kelmoqda – 14 o‘yin. Haqiqatdan “lokdaun”dan biroz avval va keyin MYU qanday o‘yin ko‘rsatganini barchamiz eslaymiz. Ko‘pincha Brunu Fernandesh bilan bog‘lanayotgan muvaffaqiyat aslida butun jamoaniki, albatta.

Transfer bozori ochiq ekan (5 oktyabrgacha) Sulsherni bu borada omadsizga chiqarmagan bo‘lardim. To‘g‘ri, Sancho atrofidagi voqealar juda cho‘zilib ketdi. Keyin, o‘yini keskin kuchaynan Grinvudni zahiraga mixlash bilan yakunlanishi ehtimoli yuqori bo‘lgan bu transfer shunchalik kerakmi o‘zi? Ko‘p ehtimol kerak. Meyson juda yosh va Deydonni kelishi uning uchun katta chaqiriq bo‘ladi. Lekin, Donni van De Bik, Pol Pogba va Brunu Fernandeshni bir vaqtda maydonga tushurishga urinib ko‘rmoqchi bo‘lgan Ole bu ikkisi bilan ham bir yo‘l topsa kerak.

Ochig‘i, klub menga borgan sari Sulsher o‘zi maydonda harakat qilgan davrlarni eslatib yuboryapti. Albatta, yetakchilar bor. Ammo, barchasi mutlaq ularga bog‘lanib qolmagan. Fernandeshchi, deyisizmi? Bilmam. Taxminimga ko‘ra, bu mavsum endi u ham ko‘proq jamoaga singib oladi. Alohida emas, bir butun mehanizmning qismiga aylanadi. Ko‘ramiz.

Birinchi turni o‘tkazib yuborgan MYU mavsumni “Kristal Pelas”ga qarshi boshlaydi. Qulay raqib. Qariya Roy Xodjson shogirtlari o‘tgan mavsumni 14 pog‘onada yakunlagan-u, ammo, bugungi raqibga qarshi bir o‘yinda g‘alaba qozongani ham bor, darvoqe – 1:2. Ha, o‘shanda ham “Old Traffor”dagi o‘yin edi, bugungisi kabi...

Kiritildi: 18:17, 19.09.2020.
O'qildi: 2735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик