Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Tennis muxlislari uchun xushxabar: Istomin “Roland Garros”da qatnashadi

Tennis muxlislari uchun xushxabar: Istomin “Roland Garros”da qatnashadi

Baho:
+ | -

Butun dunyoda karantin talablari yumshatilgach sekin-asta yirik sport musobaqalari ham o‘tkazila boshlandi. Jumladan, kelasi hafta Parij shahrida “Roland Garros” nomini olgan Fransiya ochiq chempionati start oladi. Ko‘plab sport muxlislari, ayniqsa, tennis ishqibozlari qachon Denis Istomin kortda ko‘rinish beradi, deb qiziqishayotgani tabiiy. Bu borada muxlislarga yangilik sifatida shuni aytishimiz mumkinki, yurtimizning birinchi raqamli raketkasi “Roland Garros” turnirida ishtirok etadi. Quyida Istominning O‘zbekiston tennis federasiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusini havola qilamiz:

“Ha, haqiqatan ham, uzoq vaqtdan beri birinchi marta musobaqada ishtirok etaman va bu birdan “Roland Garros” bo‘ladi. Kecha men Parijga yetib keldim va koronavirusga ko‘plab tahlillar topshirishga to‘g‘ri keldi. Dastlab, ketishimdan oldin Toshkentda test topshirdim. Bundan tashqari, kelganimdan so‘ng, yana test bo‘ldi. Keyin natijalarni kutish uchun meni 24 soat davomida mehmonxonada ushlab turishdi.

Test tahlili «manfiy» chiqqanidan keyingina “Filipp Shatriye” tennis kortiga borib, mashg‘ulotlarni boshladim. Endi akkreditasiyadan o‘tishim va boshqa tayyorgarlik ishlarini bajarishim mumkin. Sinovning «ijobiy» javobini olganlarni esa 7 kundan 14 kungacha karantinga olishadi. Ammo bu hammasi emas … Yetib kelganidan keyin «salbiy» javobni olgan o‘yinchilar saralash o‘yinlariga kirish uchun bugun koronavirusga qarshi yana qayta test topshirishadi. Keyingi haftadan boshlab esa bahslar boshlanadi. Umid qilamanki, hamma tahlillarim «salbiy» bo‘ladi va dushanba kuni kortga chiqaman. Uzoq tanaffusdan so‘ng yana faoliyatimni davom ettiraman!», – dedi Denis Istomin.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:41, 19.09.2020.
O'qildi: 2253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик