Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Baxtiyor Hamidullayev: «Superligada qolish uchun bugun birinchi qadamni qo‘ydik»

Baxtiyor Hamidullayev: «Superligada qolish uchun bugun birinchi qadamni qo‘ydik»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasi 16-turidan o‘rin olgan «Navbahor»-«Andijon» (0:0) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng jamoamiz murabbiyi Baxtiyor Hamidullayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak "Vodiy derbi"larida Namanganmi, Andijonmi, Farg‘onami, o‘ringa qaralmaydi. Hozirgi holatda esa jamoamiz uchun ochkolar suv va havodek zarur. «Navbahor» jamoasini qanday kuchli ekanini va yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgani barchaga ayon. Shu sababli qisqa muddat ichida «Navbahor»ga qarshi o‘yin uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va bugun bir ochkoga ega bo‘ldik. Lekin «Navbahor» jamoasida gol urish uchun bizdan ko‘ra ko‘proq vaziyatlar bo‘ldi.

— Uchrashuvdagi oxirgi vaziyatda o‘yindan tashqari holat bor edimi? Xolis fikringiz.
— U vaziyatni men turgan joydan aniq ko‘ra olmadim. Bizning oldingi uchrashuvlarimizda ham hakamlarning xatolari bir talay. Men hakamlar to‘g‘risida gapirishni istamayman, ular o‘z ishini qiladi.

— Siz futbolchilik faoliyatingizda juda yaxshi hujumchi bo‘lgansiz. Hozirgi hujumchilarda mavsumda 15ta va undan ortiq gol urish holatlari juda kam. Nima deb o‘ylaysiz hozirgi hujumchilarga nima yetishmayapti?
— Hozirgi hujumchilarda jo‘shqinlik, harakat yetishmayapti. Bizning jamoa hujumchilarida ham shunday, maydonda har bir qarichda, har bir daqiqada vaziyat bo‘lib qolishi mumkin, ular esa bunga tayyor turmaydi. Ular tayyor vaziyat bo‘lsa bo‘sh darvozaga tepib "gol ursam" deydi, mening fikrimcha.

— «Andijon» jamoasi bosh murabbiy izlayaptimi yoki mavsumni o‘zingiz yakunlaysizmi?
— Menimcha, mavsumni o‘zim yakunlasam kerak.

— Oldingi hujumchilarda siz aytgan sifatlar bo‘lgan. Ular o‘z bilimi bilan murabbiy bo‘lib yetishib chiqadi. Lekin nima uchun murabbiy sifatida yaxshi hujumchi yetishtirib chiqara olmaydi?
— Bilasiz, hozirgi chempionatimiz tur uchrashuvlari oralig‘ida ozgina vaqt bor. Ertaga dam olinadi, indinga jamoa yig‘iladi tayyorgarlik ko‘riladi, hujumchilar bilan alohida shug‘ullanish uchun vaqt kam, hozircha mashg‘ulotlardan so‘ng og‘zaki tarzda jarima maydoncha atrofida qanday ochilish kerakligi, nima qilish kerakligi haqida tushunchalar berib boryapmiz. Aytganimdek, vaqtimiz oz bo‘lmoqda.

— Mana siz «Andijon» jamoasida ikkita o‘yin o‘tkazdingiz. Jamoaning omadsizligiga nima sabab deb o‘ylaysiz?
— Shu ikkita o‘yinda ham jamoamiz mag‘lubiyatga yarasha o‘yin qilmagan edi. Futbolchilarda ishonch va ishtiyoq yetishmayotgan edi. Bugungi bir ochkodan so‘ng jamoada ishonch ortadi deb o‘ylayman

— Sizga jamoa rahbariyati tomonidan qanday vazifa yuklatildi?
— Har bir uchrashuv o‘tgani sari jamoa o‘yini sifatini yaxshilab borish vazifasi qo‘yilgan.

— «Andijon» jamoasini keyingi yil superligada ko‘ramizmi?
— Albatta. Xudo xohlasa, superligada qolish uchun bugun birinchi qadam qo‘yildi. Keyingi turda bizni «Buxoro»ga qarshi olti ochkolik asosiy o‘yin kutib turibdi. Nasib qilsa, g‘alaba qozonamiz.

«Andijon» matbuot xizmati

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 07:13, 21.09.2020.
O'qildi: 2842 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.