Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

OCHL. «Paxtakor» chorak finalga chiqdi!

OCHL. «Paxtakor» chorak finalga chiqdi!

Baho:
+ | -

«Paxtakor» Osiyo chempionlar ligasining Qatardagi yurishini davom ettiradi. Arveladze jamoasi nimchorak finalda Eronning "Istiqlol" klubi ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Jamoamiz o‘yin boshidan to‘pni nazorat qilib, raqibni to‘psiz yugurishga majbur qildi. Ammo hisobni ochish forslarga nasib etdi. Ummonlik hakam jarima maydonimiz ostonasida jarima zarba belgilashda xatoga yo‘l qo‘ydi. Ali Karimiy esa "standart"dan ustalik bilan foydalandi. Eldor Suyunov tomoshabin vazifasini o‘tib berdi.

"Paxtakor" tanaffusga hisobni tenglashtirgan holda chiqib ketdi. Alijonov yetkazgan to‘pni Cheran yaqin masofadan bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ruhiy ustunlikka ega bo‘lgan toshkentliklar ikkinchi taym boshidagi ilk hujumni gol bilan yakunlashdi. Derdiyo‘q 16 metrlardan yo‘llagan zarbani "Istiqlol" posboni qaytara olmadi.

Shundan so‘ng "Paxtakor" to‘pni qadrlagan holda, asosan uzatma berish bilan shug‘ullandi. Darvozabonimiz bir vaziyatda oldinga chiqishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Baxtimizga tehronliklar ushbu imkoniyatdan foydalana olishmadi. Yana bir vaziyatda esa Cheyk Diabatening yakkama-yakka vaziyatda yo‘llagan zarbasini posbonimiz qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "sherlar" OCHL chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

"PAXTAKOR" — "ISTIQLOL" (Eron) - 2:1 (1:1)
26 sentyabr, 22:45. Doha. "Al-Janub".
Gollar: Dragan Cheran (42), Eren Derdiyo‘q (47) — Ali Karimiy (32), Milad Zakipur (87)
Ogohlantirishlar: Yegor Krimes (5), Eldor Suyunov (84), Farrux Sayfiyev (89) — Arsalan Motahhariy (4) Arash Rizavand (77), Mehdi Qoidiy (90+2)
"Paxtakor": Suyunov, Alijonov (Abror Ismoilov 90+2), Anzur Ismoilov, Krimes (S), Sayfiyev (Sherzod A’zamov 90+1), Hamrobekov, Sobirxo‘jayev (Vladimir Kozak 84), Hamdamov (Javohir Siddiqov 73), Cheran, Masharipov, Derdiyo‘q (Igor Sergeev 73)
"Istiqlol": Saidhussayn Hussayni, Milad Zakipur, Ruzbeh Cheshmi, Arif Qulami, Muhammad Daneshgar, Ali Karimi, Farshid Ismoili, Mehdi G‘ayedi, Mas’ud Riki, Arsalan Motahhariy (Arash Rizavand 57), Cheyk Diabate.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:46, 27.09.2020.
O'qildi: 5896 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.