Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi g‘alaba juda muhim edi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi g‘alaba juda muhim edi"

Baho:
+ | -

Superliga 17-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” - “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Bugun ikkita narsa xursand qildi. Birinchidan, muxlislarni qisman bo‘lsa stadionga kirishga ruxsat berilgani bo‘lsa, ikkinchisi g‘alaba. Muxlislarimizga bizni qo‘llab turganlari uchun alohida rahmat aytmoqchiman. So‘nggi uchta o‘yindagi g‘alabasiz seriyadan keyin bugungi g‘alaba juda muhim edi. O‘yindan oldin futbolchilarga bugungi o‘yin biz uchun burilish o‘yini bo‘lishi lozimligi, uchrashuv olti ochkolik o‘yin ekanligini uqtirgandim. Yigitlarimiz bugun faqat g‘alaba uchun maydonga chiqishgandi. Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgach, ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lganimizdan xursandman. Agar bugun ham g‘alaba qozona olmaganimizda “Bunyodkor” bilan oradagi farq olti ochkoga yetardi. Bugungi o‘yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. "Bunyodkor" to‘pni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yetakchi jamoa xisoblanadi. Shu sababli biz ko‘p vaziyatlarda to‘psiz qoldik.

Muzaffarovning qanday saviyadagi o‘yinchi ekanligini yaxshi bilamiz. Afsuski, olti oy davomida jarohatini davolash bilan band bo‘ldi. Bugungi bahsda to‘liq o‘ynash uchun uning hozirgi holati yo‘l qo‘ymas edi. Muzaffarga ishonamiz xali u o‘zining chiroyli o‘yinlari bilan muxlislarimizni xursand qiladi.

Bamba markazlashgan chempionatda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Shundan keyin unga boshqa jamoalardan ham takliflar tushdi. So‘nggi bahslarda nafaqat Yakubaning balki barcha futbolchilarning biroz o‘yini qovushmadi. Bambadan umidimiz katta, u bugun ham yomon o‘yin ko‘rsatmadi.

Legionerlarimiz haqida nima deyishim mumkin, Yosovich bizning ishonchlarimizni oqlamoqda. Ivan juda tartibli futbolchi, jamoaga ham yaxshi kirishib ketgan. Filip Rayevas boshida yaxshi o‘ynayotgandi. Oxirgi paytlarda u biz kutgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Umuman olganda legionerlar borasidagi tanlovimiz xato bo‘lmadi deb hisoblayman.

Shahboz Erkinovni jamoamizda o‘ynab ketganligi uchun unga alohida etibor bermadik, balki u bosh bilan yaxshi o‘ynay olishini yaxshi bilganimiz uchun, standart vaziyatlarda xavfli o‘yinchi ekanligini bilganimiz uchun unga e’tiborli bo‘lishimiz kerak edi. Shunga yarasha himoyachilarimizga ko‘rsatmalar bergan edik. Lekin baribir bir vaziyatda uni ko‘zdan qochirdik va Erkinov vaziyatidan foydalanib ketdi.

Yoshlarimizning natijalari biz kutgandek bo‘lmayapti. Ularning o‘yinini kuzatib boryapmiz. Yoshlar tarkibida iqtidorli o‘yinchilar bor. Sardor Yetovqo‘ziyev, Muhsin Normatovlar kelajakda yaxshi saviyadagi futbolchilar bo‘lishadi deb umid qilaman. Ularga biroz ishlov bersak jamoamizga hali ko‘p foydasi tegadigan futbolchilar bo‘lib yetishishadi. Yoshlarga ko‘proq e’tibor berishimiz kerak. Xozirgi kunda U 21 jamoamiz bizning og‘riqli nuqtamiz. Aziz To‘xtaboyev bilan maslahat qilyapmiz, kelasi yilda bu jamoani ancha yoshartiramiz.

Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати
Kiritildi: 19:18, 27.09.2020.
O'qildi: 1877 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.