Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Tur yakunlari: “Boshqaruv“ qaytayotgan “Loko“, "uchlik"ka kirish uchun zichlik, bugungacha mahsuldorlar kim?

Tur yakunlari: “Boshqaruv“ qaytayotgan “Loko“, "uchlik"ka kirish uchun zichlik, bugungacha mahsuldorlar kim?

Baho:
+ | -

Superliganing 17 tur bahslarini ortda qoldirgan uchrashuvlar haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tdi. 

26 sentyabrda “Andijon“ o‘z maydonida, turnir jadvalidagi “qo‘shini“si "Buxoro"ni qabul qildi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qayd etdi. Uchrashuvda dastavval, mehmonlar tarkibidan Izzatilla Abdullayev hisobni ochgan bo‘lsa, Abdullo Olimov, Zafar Safoyev qo‘riqlayotgan darvozaga jarimadan to‘p kiritib muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar, Ilhomjon Alijonovning qizil kartochkasi evaziga 10 kishi bo‘lib qolgan raqiblari darvozasini yana ishg‘ol qilishdi. Gol muallifi Baxtiyor Qosimov. Shundan so‘ng, jadvalda eng pastda borayotgan vodiyliklar 10 ochko bilan o‘z o‘rinlarini 8 ochko egasi bo‘lib turgan buxoroliklarga bo‘shatib berishdi.

Shu kuni Bekobodda “Lokomotiv“ mehmon bo‘ldi. Ancha qizg‘in va shiddatli kechgan bahsda darvozalarga 4 ta to‘p kiritildi. Birinchi bo‘lib, "temiryo‘lchilar"dan Kaxi Maxaradze hisobni ochgan bo‘lsa, mezbonlar vakili Ixtiyor Toshpo‘latov tenglashtirdi. Ikkinchi taymda mehmonlar, Temurxo‘ja Abduxoliqovning goli evaziga hisobdagi ustunlikni o‘z qo‘llariga olishdi lekin, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Shahzod Ubaydullayev tabloda yana tenglikni ta’minladi, 2:2. Shu tariqa, bugunga qadar 29 ochko jamg‘argan "Metallurg" 4, 22 ochko bilan Toshkent jamoasi 8 o‘rinlarni band etishdi.

27 sentyabrda, “Qizilqum“ Olmaliqqa safar uyushtirdi. Dastlab, Alisher Sanoyevning navoiyliklarni hisobda oldinga olib chiqqan goliga Yovan Jokich javob qaytardi. Erkin Baydullayevning o‘yindan chetlatilishi natijasida bir kishi kam bo‘lib qolgan mezbonlarga ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Zafar Polvonovning goli g‘alaba keltirdi, 2:1. Ushbu bahsdan so‘ng, "AGMK" 36 ochko yig‘ib, ikkinchi o‘rinni mustahkamlashdi. Hamidjon Aktamov boshchiligidagi navoiyliklar 14 ochko bilan 11 o‘rinda borishmoqda.

Shu kuni Namangandagi markaziy o‘yingohda to‘qnash kelishgan “Navbahor“ va “Nasaf“ jamoalari nursiz durangga imzo chekkan holda, 1 ochkodan bo‘lishib olishdi. Bu orqali qarshiliklar 33 ochko bilan 3 o‘rinda, 22 ochko jamg‘argan namanganliklar esa hali hamon ekvator chizig‘ida borishmoqda.

Yakshanba kuni, turning markaziy bahsi, Qo‘qonda, “Qo‘qon-1912“ va “Bunyodkor“ jamoalari o‘rtasida kechdi. Vadim Abramov shogirdlari, ketma-ket ikkinchi bahsda ham, muhim ochkolarni yo‘qotishdi. Toshkentliklar safidan Xurshid G‘iyosovning raqiblar darvozasiga kiritgan bitta to‘piga, mezbonlardan Shohnazar Norbekov hamda Iqbol Malikjonovlar ikkita gol bilan javob qaytarishdi. Yakunda 2:1 va bu orqali 29 ochko jamg‘arib, 6 o‘rinni band etgan vodiy jamoasi, xuddi shuncha ochkoga ega 4 o‘rindagi “qaldirg‘ochlar“ga deyarli, yetib oldi.

Tasnifida rajalashtirilgan so‘nggi to‘qnashuv Muborakda “Mash’al“ hamda “Surxon“ jamoalari ishtirokida kechdi. Butun o‘yin mobaynida hisobda saqlanib turgan tenglikni, Husniddin G‘ofurov buzdi va jamoasiga g‘alaba golini taqdim etdi. Shundan so‘ng, Dilyaver Vaniyev qo‘l ostidagi muborak jamoasi 19 ochko bilan 10, Ravshan Haydarov shogirdlari esa, 12 ochko bilan 12 pog‘onaga joylashishdi. Ushbu bahs turni shartli ravishda yakunlab berdi. Boisi, Toshkentda o‘tishi kerak bo‘lgan “Paxtakor“ning “So‘g‘diyona“ga qarshi uchrashuvi “sherlar“ning ayni paytdagi OCHLdagi ishtiroki tufayli ma’lum muddatga qoldirilgan.

17-tur yakunlariga ko‘ra to‘purarlar poygasida Dragan Cheran ("Paxtakor") 15 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda, Bobur Abduxoliqov("Nasaf") va Igor Sergeevlar ("Paxtakor") 12 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishgan, Murod Xolmuhammedov("Qo‘qon-1912") Eren Derdiyok ("Paxtakor"), Nurillo To‘xtasinov("Bunyodkor") hamda Shoxrux Norxonovlar("So‘g‘diyona") hisobida 7 tadan gol mavjud.

Golli paslar bo‘yicha Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") 11 ta assist bilan mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi, Doniyor Narzullayev ("Metallurg") va Jasur Hasanov ("So‘g‘diyona")lar 6 tadan assist qayd etishgan. Dragan Cheranda 5 ta, Sherzod Karimov ("Surxon") hisobida esa 4 ta golli uzatma mavjud.

Kelgusi 18 turda “Andijon“ Bekobodda mehmon bo‘ladi, “Surxon“ Termizda “AGMK“dan ochko tortib olishga urinsa, “Navbahor“ autsayder “Buxoro“ga bilan ro‘baru keladi.Navoiyda “Qizilqum“ “Qo‘qon-1912“sinovida o‘tadi. “Lokomotiv“ning esa jizzaxliklar bilan o‘zaro “hisob-kitobi“mavjud.

Bundan tashqari ikkita, o‘ziga xos “derbi“. Biri Qarshida, ikkinchisi Toshkentda start oladi.

Dadajon Foziljonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:39, 28.09.2020.
O'qildi: 3547 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.