Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

O‘zPFL Superliganing oktyabr oyi uchun to‘liq taqvimini e’lon qildi

O‘zPFL Superliganing oktyabr oyi uchun to‘liq taqvimini e’lon qildi

Baho:
+ | -

O‘zPFL O‘zbekiston milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi FIFA kunlari uchun rejasi aniq bo‘lganidan kelib chiqib, mazkur oy uchun to‘liq taqvimni e’lon qiladi. 

Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Amirliklardan 16 oktyabr sanasida qaytib keladi. Shundan kelib chiqib, 19-tur uchrashuvlari 17 oktyabr sanasida start oladi. 

“Paxtakor” futbol klubi 17-turning qoldirilgan uchrashuvini FIFA kunlaridan keyingi uch tur oralig‘ida o‘tkazib oladi. Bu borada O‘zPFL har ikki klub bosh murabbiylari bilan aloqaga chiqdi va vaziyatga oydinlik kiritdi. 

Shuningdek, “Paxtakor” klubining Chempionlar ligasida chorak finalga yo‘l olganidan kelib chiqib, uning “Bunyodkor”ga qarshi 18-tur doirasidagi o‘yini qoldirildi. Toshkent derbisi noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv sanasiga keyinroq oydinlik kiritib olinadi. 

Endilikda O‘zPFL so‘nggi to‘rt turni qanday tartibda o‘tkazish masalasida klublar bilan fikr almashadi. Xabaringiz bor, karantin cheklovlarining kuchaytirilishidan kelib chiqib, avgust oyida I davraning so‘nggi to‘rt turi markazlashgan tartibda o‘tkazilgandi. Kelgusi rejalarga FIFA kunlarida O‘zPFL tomonidan tashkil etiladigan yig‘ilishda aniqlik kiritiladi.

19-tur

17 oktyabr, shanba  

MASH’AL – AGMK


18 oktyabr, yakshanba 

PAXTAKOR – QIZILQUM  

ANDIJON – SO‘G‘DIYONA 

BUXORO – NASAF 

19 oktyabr, dushanba 

LOKOMOTIV – BUNYODKOR

SURXON – QO‘QON-1912 

NAVBAHOR – METALLURG 


17-tur

21 oktyabr, chorshanba 

PAXTAKOR — SO‘G‘DIYONA


20-tur

21 oktyabr, chorshanba  

NASAF – AGMK 

22 oktyabr, payshanba  

MASH’AL – QO‘QON-1912

BUNYODKOR – ANDIJON 

23 oktyabr, juma  

METALLURG – BUXORO 

QIZILQUM – LOKOMOTIV

24 oktyabr, shanba 

SURXON – PAXTAKOR 

SO‘G‘DIYONA – NAVBAHOR 


 

21-tur

26 oktyabr, dushanba  

QO‘QON-1912 – AGMK

METALLURG – NASAF

27 oktyabr, seshanba 

ANDIJON – QIZILQUM 

NAVBAHOR – BUNYODKOR

28 oktyabr, chorshanba

SURXON – LOKOMOTIV 

MASH’AL – PAXTAKOR 

BUXORO – SO‘G‘DIYONA.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:17, 29.09.2020.
O'qildi: 2622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.