Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Darbadarlar»

«Darbadarlar»

Baho:
+ | -

Yana tez fursatlardan so‘ng(5 oktyabr), yevropa futbol olamida “transferlar oynasi“ yopiladi. Joriy “oldi-sotdi“ mavsumi kerakli, shov-shuvli, muhokamalarga boy va kutilmagan xaridlarlar amalga oshirilganligi bilan esda qolarli bo‘lyapti. Ammo, biz bugun ko‘p yillardan buyon aynan bir jamoaga tegishli bo‘lsada, bir klubda muqim qo‘nim topa olmayotgan, har “bozor“ paytida “dardabar“ga aylanib qolayotgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Mishi Batshuayi

Maydonning raqib darvozasi oldidagi hududda harakat qiladigan futbolchi  2016 yil, Fransiyaning “Marsel“ klubidan 33 million yevro evaziga Londonning “Chelsi“jamoasi safiga kelib qo‘shiladi. Yangi “uy“dagi dastlabki mavsumida jami 21 o‘yinda maydonga tushib, 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ladi. APL sovrinini “Aristokratlar“ qo‘lga kiritgan mavsumdan so‘ng, qishda markaziy hujumchi Dortmundning Borussiyasiga ijara asosida jo‘natilib yuboriladi. “Asalarilar“ tarkibida jami 14 uchrashuvda maydonga tushgan Batshuayi 9 gol va 1 assist qayd etadi. Ijara muddati tugab, mavsum yakunida Londonga qaytgan futbolchining galdagi manzili Ispaniya, Valensiya shahri bo‘ladi. Belgiyalik, “ko‘rshapalaklar“ safida 23 ta o‘yinda harakat qilib, o‘z hisobiga 3 gol yozdirib qo‘yadi.

Shu bilan birga, 1 marotaba “Ispaniya kubogi“ga ham ega chiqadi. Keyin, 2018-19 yilgi mavsumning boshida “Kristal Pelas“ga ijaraga o‘tadi. Futbolchi “burgutlar“ libosi ostida 13 marotaba maydonga tushib, 6 bora darvozaga to‘p yo‘llashga erishadi. Nihoyati, ko‘kragiga shamol tegib, 2019-20 yilgi mavsumni o‘zi tegishli bo‘lgan “Chelsi“da o‘tkazib, 25 uchrashuvda 8 gol va 3 assist natijasini qayd etadi hamki, yana, yangi mavsumda londondagi boshqa eski jamoasi “Kristal Pelas“ga qaytadi. Forvard londonliklar safida gol va assistsiz 3 ta o‘yin o‘tkazdi va hozircha u asosiy tarkibdan to‘laqonli joy ololganicha yo‘q.

Umumiy ko‘rsatgichlarda kelib chiqib, yetarlicha mahsuldor hujumchining Frenk Lempard jamoasida keraklicha amaliyotga ega bo‘la olmasligi, jamoada ko‘p yillik Oliviye Jiru istedodli Temmi Abraxam, va ma’lum maqsadlar ko‘zlanib, olib kelingan Timo Vernerlar oldingi chiziqlarni butunlay band etganligidan oydinlashib bormoqda. Ertaga ya’ni 2 oktabrda 27 yoshni qarshi oladigan hujumchi bu yog‘iga joriy jamoasida sermahsullik namoyish etmasa, keyingi faoliyatini “Chelsi“ kabi “top“ klublarda davom ettirishi biroz mushkulotga aylanadi va hatto, endigina 30 ta o‘yindan 18 ta gol urgan terma jamoadagi o‘rnini ham yo‘qotib qo‘yishi mumkin.

Takefuso Kubo

Asli “Barselona“ tarbiyalanuvchi hisoblanmish ushbu futbolchi 2019-20 yilgi mavsumda “FK Tokio“dan “Real Madrid“ a’zosiga aylanadi. Futbol jamoatchiligi tomonidan ijobiy e’tirof etilgan 19 yoshli vinger, Zidan qo‘l ostidagi yulduzli tarkib orasida “yo‘qolib qolish“ xavotiri bilan shu yilning avgustida “Malyorka“ jamoasiga ijaraga beriladi. U yerda 36 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol va 5 golli uzatma qayd etadi. Futbolchi, Visente Moreno murabbiyligidagi jamoada bir mavsum o‘tkazgandan so‘ng, “Malyorka“ “segundo“ga tushib ketadi. Natijada “qaymoqranglilar“ rarbariyati Takefuso Kuboni mamlakatning asosiy chempionati, “LaLiga“da saqlab qolish maqsadida, yangi 2020-21 yilgi mavsumda “Vilyarial“ klubi bilan hujumchining ijarasi borasida kelishuviga erishishadi. Hozirga qadar yaponiyalik vunderkind “sariq suvosti kemasi“ tarkibida 4 ta o‘yin o‘tkazdi.

Futbolchini rasmiy o‘yinlarda sinab ko‘rmagan “qirollik klubi“ hozircha to‘g‘ri yo‘lni tutmoqda.
Iste’dodli hujumchi yana bir yoki ikki yildan so‘ng “Santyago Bernabeu“da to‘p tepishga “tayyor“ bo‘lishi uchun ko‘proq o‘yin amaliyoti zarur. Rodrigo, Vinisius Junior kabi kadrlari bor Madridda esa bunday imkoniyat ayni paytda mavjud emas. Shu tufayli o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun yana 1 yo 2 mavsum “sarson“ yurishi zarar qilmaydi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, darajasi “Real Madrid“nikidan past jamoalarda o‘yin amaliyoti orqali ko‘pi bilan sport formasini saqlab turish mumkin, katta klublarda esa, salohiyat, iqtidor va bir qancha shaxsiy xususiyatlarning o‘sishiga erishilishi, shubhasiz.


Davide Zapakosta

Italiyalik qanot himoyachisi 2017 yilda aynan italiyalik murabbiy Antonio Konte chorlovi bilan 25 million yevro evaziga Turinning “Torino“ klubidan “Chelsi“ga taklif etilgan. 2 yil mobaynida o‘z jamoasi tarkibida jami 52 o‘yinda maydonga tushgan futbolchi, 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatma qayd etishga muvaffaq bo‘ladi.

Klubning murabbiylik postida o‘zgarishlar yuz berganidan so‘ng, 27 yoshli Davide vatani Italiyaga qaytadi va “Roma“da ijara asosida o‘ynay boshlaydi. Rimliklar bilan bir mavsum o‘tkazgan Zapakosta 9 ta uchrashuvda harakat qiladi va o‘z hisobiga 1 ta assist yozdirib qo‘yadi. “Chelsi“ rahbariyati ijara muddati tugagan italiyalikni bu safar, yaqindagina hamyurtimiz Eldor Shomurodovning transferi hal bo‘lgan “Jenoa“ga xuddi shu asosda berishadi. Joriy mavsumda yangi jamoasi libosida 2 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchi raqiblar darvozasini 1 marotaba ishg‘ol etishga ham ulgurdi. Davide Zapakosta bugungacha Angliya Liga kubogi g‘olibi, Yevropa Ligasi sovrindori hamda Italiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Alfonso Areolya

Aslida, Parijning “PSJ“ klubi tarbiyalanuvchisi so‘nggi yillarda o‘z jamoasi asosiy tarkibidan joy topa olmayapti.

Futbolchining parijliklar safida eng ko‘p amaliyot o‘tkazgan paytlari 2016-2019 yillarga to‘g‘ri keladi. Boisi, 2015 yilda darvozabon “Vilyarial“da ijarani o‘tab qaytadi. Shu o‘rinda, u valensiyaliklar bilan 37 ta o‘yinda, 32 ta to‘p o‘tkazib yuboradi va 17 marotaba o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoladi. Yuqorida, Parijda o‘ynagan yillarida jami 107 o‘yinda ishtirok etib, 87 ta gol o‘tkazadi shuningdek, 53 ta bahsda, raqiblar Areolyaning darvozasiga yo‘l topa olishmaydi. Shundan so‘ng, fransiyalik 2019-20 yilgi mavsumda, jamoalarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, “Real Madrid“da ijarada o‘ynay boshlaydi. Butun mavsum mobaynida umumiy 9 ta uchrashuvda harakat qilib, 11 ta gol o‘tkazib yuboradi. 3 bahsda esa “quruq o‘yin“ namoyish etadi hamda jamoasi bilan birgalikda “Ispaniya superkubogi“ g‘olibiga aylanadi.

Qarangki, joriy, yangi mavsumda u yana “ko‘chish“ga majbur bo‘ladi. Bu safar Angliya, “Fulxem“ga. Yana ijara asosida. 27 yoshli futbolchi londonliklar safida bugungacha, 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta to‘p o‘tkazib yubordi va hozircha 1 uchrashuvdagina darvozasidan to‘p olib chiqmadi. Alfonso Areolya bugungi ro‘yhatimizdagilarning eng sovrindori hisoblanadi. Qahramonimiz, 3 karra Fransiya chempioni, 2 karra mamlakat kubogi, 4 marta superkubogi, 2 karra liga kubogi g‘olibi, 1 marta Ispaniya chempioni va superkubogi sohibi shuningdek, yoshlar hamda milliy terma jamoalar bilan bir marotabadan jahon chempioni unvoniga ham sazovor bo‘lgan.

Xesus Valyexo

“Real Saragosa“ning 23 yoshli markaziy himoyachisiga 2015 yilda “Real Madrid“ 5 million yevro evaziga xaridor bo‘lgan. “Qirollik klubi“ futbolchisiga aylangandan so‘ng ham Valyexo, sobiq jamoasi tarkibida bir mavsum ijarada o‘ynaydi. Keyinchalik, Madrid jamoasi rahbariyati ispaniyalik himoyachini Germaniyaning “Frankfurt“ klubiga ijaraga beradi. U yerda futbolchi 27 o‘yin o‘tkazib, 1 gol va 1 golli uzatma amalga oshiradi. Shundan so‘ng, 2 yil Zidan qo‘l ostidagi jamoada 19 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishadi. So‘ngra, yana 2019-20 yilgi mavsum avvalida Angliyaning “Vulverxempton“ klubiga ijara asosida beriladi. “Bo‘rilar“safida bor yo‘g‘i 7 bor o‘yin o‘tkazgan himoyachi, qishki transferlar oynasida “Granada“ga keladi va mavsum so‘nggiga qadar shu yerda harakat qiladi. Shu tariqa, joriy mavsumda ham “qaymoqranglilar“ “oq-qizillar“bilan ispaniyalik himoyachining ijarasi borasida yana 1 yillik kelishuvga erishishadi. Ushbu mavsumda qaxramonimiz, jamoasi bilan 2 bor o‘yin o‘tkazdi. 23 yoshli futbolchi uchun Serxio Ramos, Rafayel Varan, Nacho, Eder Militao kabi himoya qo‘riqchilari mavjud bo‘lgan, Zidan murabbiyligidagi jamoaning mudofaa chizig‘ida joy topilmasligi ko‘p ehtimol. Shu sababli ham, rahbariyatning bu harakatlari Xesus Valyexo klubning kelajakdagi rejalarida ekanligidan dalolat berar, balki.


Dadajon Foziljonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:52, 02.10.2020.
O'qildi: 9215 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.