Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Liverpul» va «MYU»ning 2:7 va 1:6 hisobidagi mag‘lubiyatlari — qaysi biri og‘riqliroq?

«Liverpul» va «MYU»ning 2:7 va 1:6 hisobidagi mag‘lubiyatlari — qaysi biri og‘riqliroq?

Baho:
+ | -

«Liverpul» va «Manchester Yunayted»ning bir kunda mos ravishda 2:7 va 1:6 hisobidagi mag‘lubiyatlari solishtirilar ekan, qaysi biri og‘riqliroq, degan savolga bir fikr juda yoqdi.

Klopp jamoasining mag‘lubiyati og‘riqliroq, keyingi ta’siri xavfliroq, davomi bor. Gap bu yerda "Aston Villa" kuchsizroq ekanidan yo "MYU" bir kishi kam o‘ynaganidan emas, boshqa.

«Yunayted»ning muammolari shundog‘am ma’lum edi. Maguayrning yomon formasi, Shouning darajasi, De Xeaning qutqarmayotgani, Pogba va boshqalar - bu kamchiliklar yig‘ilib, 1:6 ni yasashi hayron qolarli holat emas. Shundog‘am, "MYU" chempionlikka da’vogar emas, to‘rtlik uchun kurashda hali hammasi oldinda, o‘tgan yili hatto 8-o‘rinda yurib ham, yaxshi seriya qilib, uchlikka chiqish imkonini ko‘rdik. Tushunarli.

«Liverpul» uchun esa, bu mag‘lubiyat katta voqea. Jamoa o‘zini yengilmas, mukammal sifatida namoyon qilayotgandi, raqiblar o‘yindan oldinoq, imkoniyat yo‘qligini bilib tushishar, har qanday holatdayam, baribir oxirigacha «Liverpul» g‘alaba qozonishiga hamma ishonardi. Bu jamoaga qo‘shimcha ustunlik berardiki, endi, mana shu faktor yo‘qoldi. Birmingemliklar shunchaki, omad tufayli emas, aynan taktik qopqonlar, o‘ng qanot himoyasidagi bo‘shliqlarni topib, jazoladi. Liverpulni yutishmas, yengish ham mumkinligini dunyoga namoyon qildi.

Ikki yil oldin Angliyada «Manchester Siti» ham shunaqa maqomda edi. Keyin Klopp ularni yirik hisobda yengdi, yana yengdi, natijada «Siti» ham oddiy jamoaga aylanib qoldi.

«Biz "Siti"ning kamchiligini bilardik - ularni to‘psiz qolganda jazolash mumkin» - bu Brendon Rojersning 5:2 g‘alabadan keyingi so‘zlari.

«Lester» Gvardiola jamoasining pressingga mubtalo ekanidan foydalandi. Ko‘pchilik bo‘lib, to‘p uchun talashishga undab, uzun paslar bilan jazoladi.

«Aston Villa» esa, himoyada u qadar kuchli bo‘lmagan Trent va o‘sha qanotda ortga uncha qaytmaydigan Salohdan foyda chiqardi. O‘sha zonalarga urg‘u berish orqali, vaziyatlar yaratdi.

«Yunayted»ning mag‘lubiyati yangi biror xulosaga sabab bo‘lolmaydi, ammo «Liverpul»ning «axill tovoni» ko‘rinib qoldi. Har holda, mukammal jamoa 7 ta qo‘yib yubormaydi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 16:24, 07.10.2020.
O'qildi: 9286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.