Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

YEXHT va O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi o‘rtasida ommaviy sport targ‘iboti yo‘lida navbatdagi qadam tashlandi

YEXHT va O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi o‘rtasida ommaviy sport targ‘iboti yo‘lida navbatdagi qadam tashlandi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi velotrek bazasi bir necha kun davomida o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. Bugun bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda bir qator yuqori tashkilot vakillari ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasining doimiy hamkorlaridan biri Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) vakillari, xususan, tashkilotning O‘zbekistondagi elchisi Jon Makgregor ham tashrif buyurib, federasiyaga 40 ta zamonaviy velosiped taqdim qildi. Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, ularning 30 tasi trek bazasi, 10 tasi esa Namangan viloyati bo‘limi uchun taqdim qilinadi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan Jon Makgregor prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtalib, o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ma’lumki, bir necha kun muqaddam Prezidentimizning Ommaviy sportni va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha yangi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Ushbu loyihada yurtimizda velosport misolida ham ommaviy sportni rivojlantirish borasida alohida to‘xtalib o‘tilgan. YEXHT tomonidan taqdim qilingan velosipedlar aynan velosport bilan shug‘ullanishni endigina boshlaganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu sportga ilk qadam qo‘ygan yoshlar uchun chinakam sovg‘a bo‘ladi, deyish mumkin.

Shundan so‘ng karantin davrida o‘tkazilgan onlayn musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, bir necha oy muqaddam hukm surgan epidemiologik vaziyatda sport taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan bir guruh mutaxassislar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:31, 09.10.2020.
O'qildi: 2337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик