Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shomurodov: «Qachon top-klubdan taklif tusharkan, deya kutishdan ma’no yo‘q»

Shomurodov: «Qachon top-klubdan taklif tusharkan, deya kutishdan ma’no yo‘q»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘zining "Jenoa"ga o‘tishi borasida fikr bildirib o‘tdi.

"Men darhol rozi bo‘ldim. Bolalagimdan Yevropada o‘ynash orzum bor edi. Avvalboshdanoq shunga intildim. Qaysi mamlakatda, qaysi jamoada o‘ynashning ahamiyati yo‘q edi. Shunchaki o‘zimni Yevropada nimalarga qodirligimni sinab ko‘rishni istadim.

Qachon top-klubdan taklif tusharkan, deya kutishdan ma’no yo‘q. Shunchaki vaqt yo‘qotasan! Men "Rostov"da qolishim mumkin edi, bu yerda barcha narsa yoqayotgandi. Ammo xayolimda Yevropa haqidagi fikr to‘planib qolgandi. Shuning uchun imkon paydo bo‘lishi bilan bu taklifga rozilik berdim.

Men bu haqda internet orqali eshitdim. Bu vaqtda "Jenoa" bilan muzokara yakuniga yetayotgan edi. Biz so‘nggi detallarni muhokama qilayotgandik. Boshqa variant haqida esa o‘ylamadim", — dedi Shomurodov Sport24 nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 21:36, 11.10.2020.
O'qildi: 6283 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик