Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Everton»ning Serxio Romero borasida tushgan taklifiga rad javob berdi, deya xabar tarqatmoqda The Athletic.
Qayd etilishicha, «Everton» klubi darvozabonning ijarasi uchun 2 million yevro to‘lashga tayyor edi.
Biroq, «MYU» argentinalik darvozabonini 8 million yevro evaziga to‘laqonli tarzda sotish niyatida ekanligini bildirdi.