Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Millatlar Ligasining 4-tur doirasida Ispaniya ustidan qo‘lga kiritilgan sensasion g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men yigitlarga sadoqati, sa’yi-harakati uchun minnatdorchilik bildiraman, ular bugun katta hajmdagi ishni amalga oshirishdi. Bunday saviyadagi terma jamoasi qarshi o‘ynash va o‘zimizga tegishli vaziyatlarda kerakli natijaga erishish ko‘p narsani anglatadi. Mo‘’jiza tufayli g‘alaba qozondik deb hisoblamayman. Buni maydonda kurash olish borish uchun bo‘lgan xohish uchun berilgan mukofot deb bilaman. Maydonning har bir qarich joyi uchun kurashish emas, hatto urushish kerak. Muvaffaqiyatga erishish uchun har bir o‘yinga mana shunday tarzda munosabatda bo‘lish kerak va futbolchilar buni yaxshi tushunib turishibdi. O‘yinga bo‘lgan reja - birinchi bo‘limdagi qiyinchiliklarga dosh berish edi. Tanaffusdan keyin ispanliklarning sabr-toqati to‘lishini va ikkinchi bo‘limda imkoniyatga ega bo‘lishimizni tushunib turgandik", - Shevchenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UYEFA rasmiy sayti.