Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Kuman Grizmann haqida: «Murabbiy buyruq beradi, u esa qo‘lidan kelgancha harakat qilish kerak»

Kuman Grizmann haqida: «Murabbiy buyruq beradi, u esa qo‘lidan kelgancha harakat qilish kerak»

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa hujumchisi Antuan Grizmann haqida fikr bildirdi.

Fransiyalik futbolchi terma jamoasining o‘yinidan keyin "Murabbiyi (Didye Desham) meni qaysi pozisiyaga qo‘yishni biladi"-degandi.

– Menda Antuan bilan muammo yo‘q. Men uni hech qachon begona pozisiyaga qo‘ymaganman. Biz "o‘ntalik" pozisiyasida 10 nafar futbolchi bilan o‘ynay olmaymiz.

– Grizmanning so‘zlari sizni ranjitmadimi?

– Har kim o‘z fikrini aytishga haqlidir. Men u bilan kecha gaplashdim, lekin bu haqda emas. Biz uning pozisiyasi va samaradorligi haqida suhbatlashdik. Men jamoa uchun eng yaxshisini izlayapman va agar u o‘ng tomondan boshlash kerak bo‘lsa, demak kerak. Shuningdek, u "o‘nlik" yoki "to‘qqizlik"da o‘ynashi mumkin, biroq, bu haqda men qaror chiqarman, u esa maksimum harakat qilish kerak.

– Muvaffaqiyatga erishish uchun Grizmann nima qilish kerak?

– Imkoniyatlarini sinab ko‘rishi kerak, ozgina omad kerak, bundan tashqari, u bor imkoniyatlarini ishga solishi shart. Murabbiy buyruq beradi, u bo‘lsa bor kuchini ishga solishi kerak.

– Messiga dam berishni o‘ylamayapsizmi?

– Biz har bir uchrashuvda eng yaxshi tarkibimizdan foydalanishni xohlaymiz. Terma jamoalar katta klublarda charchoq qo‘shadi. Barcha futbolchilar ixtiyorimizga katta ishtiyoq va quvonch bilan qaytdi. Messi masalasini mashg‘ulotlardan keyin hal qilamiz, – dedi Kuman.

Kiritildi: 20:09, 16.10.2020.
O'qildi: 3349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик