Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Pro liga. «Neftchi» derbida g‘alaba qozondi

Pro liga. «Neftchi» derbida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Pro liganing 12-turida Farg‘onaning ikki jamoasi "Neftchi" hamda "Istiqlol" to‘qnash kelishdi.

Uchrashuv maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. Ushbu hujumlarning birida esa to‘p himoyachi Jamshid Qobulovga kelib tushdi. Bu vaziyatda futbolchi ikkilanmay, chamasi 35 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba berdi. Pastdan yo‘naltirilgan to‘pni "Istiqlol" darvozaboni qaytarishga ojiz bo‘ldi va o‘yindagi hisob ochildi — 1:0. Keyinchalik o‘yin surati tenglashdi va jamoalar ketma-ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi.

Ikkinchi bo‘limda "Istiqlol" jamoasidan albatta kuchaytirilgan o‘yinni namoyish qilishlarini kutgan muxlislar bunga guvoh bo‘lishdi. Ular tomonidan uyushtirilgan bir qancha xavfli hujumlar hisobni o‘zgarishiga olib kelishi ham mumkin edi. Lekin, bugun omad neftchilar tomonida bo‘ldi.

"Neftchi" uchun ancha og‘ir kechayotgan ikkinchi bo‘limning 86-daqiqasiga kelib tajribali futbolchi Mansur Saidov tomonidan uzatib berilgan to‘pga birinchi bo‘lib yuqori tezlikka ega bo‘lgan hujumchi Dostonbek Toshmatov yetib bordi va mehmonlarning himoyachilaridan o‘zib ketib, ikkinchi golni chiroyli tarzda kiritishga muvaffaq bo‘ldi — 2:0.

O‘yin tugashiga fursat oz qolishiga qaramay mehmonlar oldinga intilishda davom etishdi va qator xavfli vaziyatlarni yaratishga ham ulgurishdi. Ammo, mahorat va tajriba bobida ustunlikka ega "Neftchi" jamoasi yakunda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Pro liga
"Neftchi" - "Istiqlol" - 2:0

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov

Nazoratchi: Baxtiyor Togayev

Komissar: Zohir Akramxonov

Gollar: Jamshid Qobulov, 12 (1:0), Dostonbek Toshmatov, 85 (2:0)

“Neftchi”: Sherzodbek Abduraimov, Islombek Karimov (Mansurjon Saidov, 58), Otabek Zokirov (Sanjarbek Zokirov, 88), Islomjon Toshpo‘latov (Jamshidbek To‘raqulov, 88), Jamshid Qobulov, Doston Avazbekov (Dostonbek Toshmatov, 46), Rustamjon Abduhamidov, Umar Adhamzoda, Shodiyor Xojimatov, Sirojiddin Allayev, Anvarjon Xojimirzayev (Pavel Smolyachenko, 58)

“Istiqlol”: Xurshid Xodjayev, Axrorbek O‘ktamov, Firdavs Asadov (Oqiblbek Mahmudov, 46), Jasurbek Ermamatov (Shohrux Boyqo‘ziyev, 46), Abduholiq Qurbonov, Sardor Sotvoldiyev, Ulug‘bek Xudayberdiyev, Temur Mamatmurodov (Riza Ayvazov, 73), Xushnudbek Bozorov (Sanjar Baratov, 46), Elyor Mamasoliyev, Ma’ruf Jumayev (Davronbek Isoqov, 62)

Ogohlantirishlar: Islomjon Toshpo‘latov, 32, Shodiyor Xojimatov, 63, Pavel Smolyachenko, 89 – Yo‘q.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 07:45, 19.10.2020.
O'qildi: 1876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.