«Real» yarim himoyachisi Eden Azar mushagidan olgan jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, belgiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida hali maydonga tushmadi. U noyabr oyidagi FIFA kunlarigacha jarohatidan to‘liq sog‘ayishga ulgurmaydi.
Shu tariqa, Azar eng yaxshi holatda 22 noyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.