«Inter» himoyachisi Ashraf Hakimiy koronavirusga topshirgan test musbat natija berdi. Futbolchidagi kasallik simptomsiz kechmoqda.
"Neradzurri" bugun Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida Menxengladbaxning «Borussiya» klubini qabul qiladi.
21 yoshli Hakimiy A seriyaning joriy mavsumida 4ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.