Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

YECHL. «Real» sensasion tarzda mag‘lub bo‘ldi

YECHL. «Real» sensasion tarzda mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida «Real» o‘z uyida «Shaxtyor»ni qabul qilib, sensasion tarzda mag‘lub bo‘ldi.

Ukrainaliklar Madridga asosiy tarkibning 7-8 nafar a’zosini olib kela olishmagan edi. Shunga qaramay, "konchilar" o‘yin boshida butun jamoa bo‘lib himoyalandi, keyinchalik to‘pni nazorat qila boshladi, undan so‘ng qarshi hujumlar va bo‘limning ikkinchi yarmida pozision hujumlar tashkil eta boshladi.

Birinchi bo‘lim to‘laligicha "Shaxtyor" hisobiga yozildi. Ular dastlab 100 foizli ikki imkoniyatdan foydalana olmagan bo‘lishcha, keyinchalik tanaffusga qadar bir emas, ikki emas, naq 3 marta "Real" darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Zidan esa ikkinchi bo‘lim boshida maydonga Benzemani tushirdi. 54-daqiqada esa Modrich olis masofadan aniq zarba bilan "Madrid"ning qaytishini boshlab berdi. Oradan besh daqiqa o‘tib Vinisius Junior maydonga tushdiyu, o‘sha zahoti raqibdan to‘pni "o‘g‘irlab" ketib, hisobni 2:3ga yetkazdi.

Shundan so‘ng "Shaxtyor" o‘ziga kelib olib, xavfli hujumlar tashkil eta boshladi. Birinchi bo‘lim qahramoni Tete ikkita o‘ta qulay vaziyatlardan foydalana olmadi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Valverde 16 metrdan zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi. Ammo zarba paytida ofsaydda turgan Vinisius darvozabon nigohlarini to‘sib turgani uchun gol bekor qilindi.

Shu tariqa, "Real"ning kambeki amalga oshmay qoldi va jamoa YECHLni mag‘lubiyat bilan boshladi.

Yevropa chempionlar ligasi, "V" guruhi. 1-tur
Real Madrid Ispaniya – Shaxter Ukraina 2:3 (0:3, 2:0)
Gollar: 0:1 – 29 Tete, 0:2 – 33, avtogol Varan, 0:3 – 42 Solomon, 1:3 – 54 Modrich, 2:3 – 59 Vinisius Junior.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Mendi, Militao, Modrich (Kroos, 70), Kazemiro, Rodrigo (Benzema, 46), Valverde, Asensio, Yovich (Vinisius Junior, 59).
Shaxtyor – Trubin, Korniyenko, Dodo, Bondar, Xocholava, Markos Antonio (Vyunnik, 90), Solomon (Vitao, 90), Tete, Maykon, Dentinyo (Sudakov, 86), Marlos.
Ogohlantirishlar: Korniyenko (8), Asensio (34), Bondar (83), Militao (87).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:53, 21.10.2020.
O'qildi: 5901 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик