Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

«Barselona» yana 4 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«Barselona» yana 4 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi yarim himoyachilar Serxio Buskets va Filippe Koutinyo, himoyachi Serji Roberto hamda hujumchi Antuan Grizmann bilan shartnoma uzaytirmoqchi. Klub hozirda mazkur o‘yinchilarning agentlari bilan muzokara olib bormoqda.

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchilar yangi shartnomaga imzo chekishsa, mavsum-2020/21da ularning maoshi kamaytiriladi. Ammo kelajakda maoshlar oshiriladi. «Barsa» inqirozdan chiqib ketish uchun shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lmoqda.

Robertoning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022, Buskets va Koutinyoniki 2023, Grizmanniki esa 2024 yilga qadar tuzilgan.

Avvalroq "ko‘k-anorranglilar" shunday shartlar asosida Mark-Andre ter Shtegen, Frenki de Yong, Jerar Pike va Kleman Langle bilan shartnomalarni uzaytirishgandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:42, 22.10.2020.
O'qildi: 4491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.