Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Baxtiyor Hamidullayev 2:6dan so‘ng: "O‘yinga yaxshi tayyorgarlik olib borgandik"

Baxtiyor Hamidullayev 2:6dan so‘ng: "O‘yinga yaxshi tayyorgarlik olib borgandik"

Baho:
+ | -

Superliganing 20-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor" hamda "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullayev ishtirok etdi.

- O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘yin boshida markaziy himoyachilarimizning qo‘pol xatolaridan so‘ng gollar o‘tkazib yubordik. Mana shu gollardan so‘ng, futbolchilar ruhan sinib qoldi va o‘zlariga kela olmadi. Lekin o‘yin bu darajada yirik hisobda yakunlanishini kutmagandim. Biz ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandim. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimdek, ikkita gol yigitlarni "sindirib" qo‘ydi.

- O‘tkazib yuborilgan ikkita goldan keyin "Andijon" javob qaytarishga erishdi...

- Ha, javob berishga erishdik, lekin... Yigitlarni o‘ziga beriladigan savollar juda ko‘p. Bugungi o‘yinni qayta ko‘rib chiqamiz. Ko‘plab futbolchilar bilan qattiq gaplashib olamiz shekilli. Futbolni bunday o‘ynab bo‘lmaydi, bu eski zamonni futboli. Oldingi "Andijon"ni futboli futbolchilarning miyalariga o‘rnashib qolgan shekilli. Biroq, avvalgi o‘yinlarda mana shu fikrni yigitlarni miyalaridan chiqarib yuborishga harakat qilayotgandik, ammo, hozir yana o‘sha futbolni o‘ynashni boshlashdi.

- Bugun "Andijon"ni kuni emas ekan desak bo‘ladimi?

- Shunaqa desak ham bo‘ladi. Ikkinchi darvozabonimizni ham maydonga tushirgandik, lekin u ham jarohat oldi va uning o‘rniga boshqa futbolchimiz darvozada turdi.

- Eldor Adhamov nima sababdan almashtirildi?

- O‘tkazib yuborilgan gollarda uning ham aybi bor. O‘tkazilgan uchta golni darvozabon qaytarsa bo‘ladigan vaziyatda edi. Berilgan zarbalar u darajada kuchli emasdi.

- Axrorovning jarohati qanday?

- Asosiysi oyog‘i sinmagan.

- Jamoangizni "Bunyodkor"ning pressinglarida bardosh bermadi?

- O‘zi o‘ylab ko‘rsangiz bugungi o‘yin uchun tayyorgarlik olib borish uchun "Bunyodkor" bizga qaraganda bir kun kam dam oldi. Bizda hammasi joy-joyida edi. O‘yin boshidagi ikkita gol ruhan sindirib qo‘ydi.

Kiritildi: 21:20, 22.10.2020.
O'qildi: 2203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик