Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Ravshan Ermatov Saudiya Arabistonining favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov Saudiya Arabistonining favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Joriy yil 23 oktyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hisham Meshaal Suvaylem as-Suvaylem boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Sir emas, sport avvalo millatlar va elatlar o‘rtasida madaniy xilma-xillik, davlatlararo va madaniyatlararo muloqot rivoj topishi, milliy merosni saqlash, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash orqali jamiyatni barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida o‘zaro do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu hamkorlik sport sohasida ham tobora rivoj topmoqda. Bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham alohida e’tirof etildi.

Uchrashuvda R.Ermatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyati haqida to‘xtalar ekan, mazkur tashkilot jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanishi, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bevosita jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilgan bo‘lib, unda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirish belgilangani, o‘tgan davr mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini ta’kidladilar.

Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuvda bir qator masalalar, jumladan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Saudiya Arabistoni podshohligining Sport boshqarmasi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik qilish maqsadida ishlab chiqilgan memorandumni saudiyaliklar tomonidan ko‘rib chiqilishini tezlatish, ikki davlat sportchilarini xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun sport turlari bo‘yicha qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inlarini tashkil etish kompleksini ishlab chiqish, Saudiya Arabistoni tajribasini o‘rgangan holda O‘zbekistonda ot sportini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Saudiya Arabistonida milliy sport turimiz bo‘lgan kurashni yanada rivojlantirish, buning uchun podshohlikni malakali trenerlar bilan ta’minlash va qo‘shma o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish borasida o‘zaro fikr almashildi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 08:53, 24.10.2020.
O'qildi: 2618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.