Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

El-klasiko! «Real» Kataloniyada g‘alaba qozondi

El-klasiko! «Real» Kataloniyada g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida «Barselona» va «Real» klublari o‘rtasida «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan o‘yin hozirgina yakuniga yetdi.

Uchrashuvda tezkor gol urildi. Benzemaning uzatmasidan keyin Valverde jarima maydoniga kirdi va yakkama-yakka vaziyatda Netoni dog‘da qoldirdi.

"Barsa" esa juda tez javob qaytardi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Albaning uzatmasidan keyin Fati yaqin masofadan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida madridliklar oldinga o‘tib olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo Benzemaning qulay vaziyatda yo‘llagan zarbani Neto qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limni kataloniyaliklar ancha faol boshlashdi. Fatining uzatmasidan keyin Koutinyo yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi. Ammo to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan VAR aralashadigan vaziyat yuzaga keldi. Jarima zarbasi amalga oshirilgan paytda Langle jarima maydoni ichida Ramosning futbolkasidan tortdi. "Real" sardori yiqilish imkoniyatidan unumli foydalandi. Referi videoyordamchi bilan uzoq maslahatlashdi, oxiri o‘zi borib vaziyatni kuzatdi va penalti belgiladi. Ramosning o‘zi penaltidan unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqasida esa "Qirollik klubi" hujumga tashlangan "Barsa"ni qarshi hujumda jazoladi. Darvozabonning xatosidan so‘ng to‘pni egallagan Modrich bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Real" ketma-ket ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 7-tur
Barselona – Real Madrid 1:3 (vtoroy taym)
Gollar: 0:1 – 5 Valverde, 1:1 – 8 Fati, 1:2 – 63, penalti Ramos, 1:3 – 90 Modrich.
Barselona – Neto, Pike, Langle, Dest, Alba (Breytueyt, 87), Buskets (Dembele, 82), de Yong, Fati (Grizmann, 81), Koutinyo, Pedri (Trinkau, 81), Messi.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Nacho (Vaskes, 43), Valverde (Modrich, 69), Kazemiro, Vinisius Junior, Kroos, Asensio (Rodrigo, 81), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (19), Langle (29), Nacho (37), Alba (62), Messi (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:58, 24.10.2020.
O'qildi: 4361 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик