Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Mirjalol Qosimov: «Futbol — bu jangovor o‘yin. Jarohat olgan futbolchilarga sog‘lik tilayman»

Mirjalol Qosimov: «Futbol — bu jangovor o‘yin. Jarohat olgan futbolchilarga sog‘lik tilayman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston superligasi 21-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Qo‘qon-1912" – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

"Albatta bugungi o‘yinni shiddatli va keskin kurshalar ostida o‘tishini kutgandik. Haqiqatdan ham bu narsa o‘z tasdig‘ini topdi. Ayni damda jamoamiz ham Qo‘qonliklar ham medallar uchun kurash olib borishmoqda. Avvalambor futbol bu – jangovor o‘yin. Suhrob Berdiyevga sog‘liq tilaymiz. Bu futbol to‘qnashuvlarga boy o‘yin. Norbekovning ham boshi yorildi.  Albatta atayin qilingan yo‘q. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turdiki har bir jamoa oldiga qo‘ygan maqsadi uchun astoydil harakat qildi.  Bunaqa o‘yinlarda vaziyatlar unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Murod Xolmuhammedovning zarbasi gol bo‘ldi va “Qo‘qon-1912”ga g‘alaba keltirdi. Aslida bugungi uchrashuv durang mos edi. Futbol shunisi bilan qiziq. Bugungi g‘alaba bilan Qo‘qonliklarni tabriklayman. Chempionatimiz ham yakuniga yetib bormoqda va shiddatli o‘yinlar ko‘p bo‘lmoqda. Albatta egallab turgan joyimizni saqlab qolish uchun ishlaymiz. Jarohat olgan o‘yinchilarga sog‘liq tilab qolamiz.

Oston O‘runov, Eldor Shomurodovlarga o‘xshagan futbolchilar ko‘p bo‘lishini tilayman. Boshqa davlat boshqa mentalitetda o‘ynab ketish oson emas. Yevropada o‘ynaydigan futbolchilarimiz ko‘p bo‘lishi o‘zbek futbolining rivojiga katta hissa qo‘shadi.

O‘zimizda murabbiylar bor, serob. Lekin ularni ishlatish  har bir klub rahbarlariga  bog‘liq.

Sanjar Tursunov tajribali futbolchi va u qanotlarda ham markazda ham  bemalol o‘ynay oladi. Shuning uchun uni bugun markazda qo‘ydik. Sanjar bugun yomon harakati qilgani yo‘q. Yutqazdik,  futbolda bo‘lib turadigan holat.

Nafaqat bugun balki, oldingi “Nasaf” bilan bo‘lgan bahsda ham g‘alaba uchun maydonga tushgandik. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoa ana shunday o‘zaro uchrashuvlarda yaxshi natija qayd etishi lozim. Bugun vaziyatlardan foylana olganimizda tamoman boshqacha bo‘larmidi? Masalan, Husniddin G‘ofurov birga-bir vaziyatdan foydalanganida boshqa o‘yin guvohiga aylangan bo‘lardik. Bugun har ikki jamoa ham chiroyli o‘yin namoyish etishdi.

Murod Xolmuhammedovning kuchli zarba sohibi ekanligini bilardik. Kutilmaganda bergan zarbasi darvozamizdan o‘rin oldi. Uning zarbasini darvozabonimiz ham ko‘rolmay qoldi.

Keyingi turda "Paxtakor" bilan qanday o‘ynaymiz ?  Bashorat qilishni yomon ko‘raman. Har bir o‘yinga g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Maqsadimiz muxlislarimizni xursand qilish",

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 18:39, 26.10.2020.
O'qildi: 2856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.