Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

YECHL. "Atalanta" - "Ayaks": Prevyu

YECHL. "Atalanta" - "Ayaks": Prevyu

Baho:
+1 | -

Bugun Chempionlar ligasining 2-tur bahslariga start beriladi. Pandemiya sabab vaqtinchalik yuzaga kelgan zich taqvim muxlislarga bir biridan qiziqarli qarama-qarshiliklarni hadya etmoqda. Bugunning o‘zidayoq sakkizta uchrashuv o‘tkazilishi belgilangan. Tabiiyki, ularning ichidan markaziy bellashuvlarni topish qiyin emas. Jumladan, seshanba oqshomini bezashi kutilayotgan "Atalanta" va "Ayaks" juftligi ham barchaning diqqat markazida. Qiziq tomoni jamoalar shu paytga qadar hali biror marta ham o‘zaro to‘qnash kelishmagan. "Atalanta"ning xalqaro maydonlardagi ishtiroki unchalik uzoq tarixga borib taqalmasligi jihatidan tabiiyki, bu ajablanarli hol emas. Lekin golland va italyan klublari o‘rtasida har doim o‘zgacha raqobat muhiti shakllanib kelgan.

Ikkala jamoa ushbu turga umuman bir biriga o‘xshamaydigan kayfiyatda yetib kelishmoqda. Zero, bu yerda "Atalanta" va "Ayaks"ning so‘nggi ikki o‘yinini o‘zaro proporsiya holida taqqoslasak ham bo‘laveradi. Musobaqaning ilk turida "Mityulland" ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishgan bergamoliklar ikki kun o‘tgach o‘z maydonlarida "Sampdoriya"ga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Amsterdamliklarda esa boshqacharoq holat: "Liverpul" ga dastlab o‘z maydonlarida yutkazib qo‘yishgandan so‘ng, Ten Xag shogirdlari shanba kuni erediviziyada "Venlo"ni yirik xisobda tor-mor keltirishdi. Bu jihatdan olib qaralsa, klublarning so‘nggi paytlarda ko‘rsatayotgan o‘yinlari bir-biriga qaysidir ma’noda o‘xshab ketadigandek, xususan daraja nuqtayi nazaridan ham.

"Atalanta"
Bergamoliklarda ajoyib muhit shakklanib ulgurgan. Klub 2-3 mavsumdan buyon Italiyaning grand jamoalariga jiddiy qarshilik ko‘rsatib keladi. Gasperini qo‘l ostida jamoaning har doim ham yorqin va rang-barang futbol tarafdori ekanligi ko‘pchilikka sir emas. Lekin "Atalanta" bu mavsumdan boshlab o‘yin uslubiga biroz sovuqqonlik olib kirishi talab etiladi. Dastlabki mavsumlarni eksperiment sifatida hujumkor va ochiq stilda o‘tkazgan klubdan muxlislar endi bemalol biror bir titul talab qilayotganliklari normal holat. Buni yetarlicha anglab turgan Gasperini xalqaro maydonlarga ham jiddiy e’tibor qaratayotgani dastlabki bahsdanoq ko‘zga tashlandi. Daniyada "Mityulland" anchayin ishonchli hisobda taslim etildi. "Atalanta"da har doim ham hujumni yakunlovchi futbolchilar borasida muammo bo‘lmagan. Har bir bahs uchun jamoaviy uslubni ma’qul ko‘ruvchi italiyalik murabbiy maydondagi rotasiya borasida qiyinchilikka uchramaydi. Klubning bu xususiyati Daniyada yaqqol ko‘zga tashlandi. Keng zona bo‘ylab almashinib harakat qiluvchi erkin ijodkorlar Sapata hamda Gomeslar tomonidan uyushtirilgan reydlarni daniyaliklar deyarli bartaraf eta olishmadi. Lekin ushbu jamoa zaxira rezervi bo‘yicha unchalik maqtana olmasligi ko‘pchilikka sir emas. Bu aspekt balki mavsumoldi o‘yinlarda deyarli ko‘zga tashlanmasligi mumkin, lekin muhim pallalardagi asosiy bellashuvlarda Gasperini lazaret muammosidan har doim jiddiy jabr ko‘radi. A seriyada uchralgan ketma-ket ikki mag‘lubiyatga asosiy sabab sifatida darvozabonlar muammosini keltirishimiz mumkin. "Ayaks"ga qarshi bo‘lajak bahsda ham Gasperiniga mana shu muammo pand berib qo‘ymasa bo‘lgani. Klubning asosiy kiperi nomini yetarlicha oqlab kelgan Gollini avgustda olgan jarohatidan hali beri forig‘ bo‘lganicha yo‘q. Buning ustiga uning o‘rnini to‘ldirishi kutilgan yozgi xarid Kristiano Pichchini ham jamoaga hali beri moslashib ulgurmasidanoq lazaretga ravona bo‘ldi. Shuningdek, bugungi bahsda Gasperini asosiy himoyachilardan biri Kaydara xizmatlaridan ham foydalana olmasligini hisobga olsak, orqa chiziq borasida "Atalanta"da jiddiy kamchiliklar mavjud. Bundan esa yosh amsterdamlik yigitlarning unumli foydalanib qolish ehtimoli yo‘q emas. Lekin boshqa bir tomondan qarama-qarshilikning "Atalanta" uchun plyus taraflari ham yetarli. O‘tgan mavsum davomida eng ko‘p gol urgan klublardan birining o‘z uyida o‘yin o‘tkazishi hamda tarkibidagi Xatebor, De Ron va Gossinilarning avval ham erediviziyada faoliyat olib borganliklari raqib o‘yin uslubini biroz bo‘lsa-da tushunish uchun yordam berishi kutilmoqda.

Taxminiy tarkib: Sportyello; Toloyi, Palomino, Djimsiti; Hatebor, de Ron, Froyler, Gosens; Pashalich, Gomes, Sapata.

"Ayaks".

Amsterdamliklar uchun 1-tur bahsi anchayin alamli tarzda yakunlandi. Jamoa "Liverpul"ga o‘z maydonida minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo‘yganidan xabaringiz bor. O‘shanda mersisayd klubiga yagona g‘alaba keltiruvchi golni Talyafiko o‘z darvozasiga kiritib qo‘ygandi. Lekin uchrashuvda maydon egalari qanchalik ko‘p hujum uyushturmasin "Liverpul" o‘yinni total nazoratda ushlab turdi va haqli g‘alabaga erishdi deb aytolamiz. "Ayaks"ning erediviziyadagi ishlari yomon emas. Jamoa ayni paytda turnir jadvalida yetakchilikni saqlab turibdi. Buning ustiga "Atalanta"ga qarshi o‘yin oldidan qozonilgan fantastik g‘alaba ular uchun keraklicha motivasiya bo‘lib xizmat qilib bersa kerak. Umuman olganda, Niderlandiya klubida kayfiyat a’lo darajada. Ten Xag jamoasining bugungi kundagi tarkibidan akademiyaning ko‘plab o‘yinchilariga joy bergan va bu o‘zini oqlab kelmoqda. "Venlo"ha qarshi uchrashuvda penta-trik qayd etgan Traore, yosh va umidli o‘yinchilar Gravenberx Tadich va Antoniolarning bugun Bergamo himoya chizig‘i oldida jiddiy qarshilik ko‘rsatishlari kutilyapti. Buning ustiga "Ayaks"ning Italiya klublariga qarshi statistikasi yomon emas: ketma-ket 7 o‘yindan beri qayd etib kelinayotgan mag‘lubiyatsiz seriya. Shunga qaramay amsterdamliklarda xam bitta jiddiy yo‘qotish mavjud. Klubning asosiy hujumchisi Muhammad Kudus "Groningen" bilan kechgan bahsdan so‘ng uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Lekin uning qachon mashg‘ulotlarga qaytishi noma’lumligicha qolmoqda.

Taxminiy tarkib: Onana; Mazroui, Schuurs, Blind, Talyafiko; Klaassen, Gravenberx, Martinez; Promes, Tadich, Traore.

Xulosa o‘rnida, "Atalanta" qancha ko‘p gol urgani bilan o‘shancha ko‘p gol o‘tkazib yuborishi ham bir fakt. Ayniqsa, yaqin oylardan beri darvozabon borasida qiyinchiliklarga uchrayotgan jamoa uchun "Ayaks" juda xavfli raqib hisoblanadi. Bugun Ten Xag shogirdlari katta ehtimol bilan ikkinchi jamoa bo‘lib xarakat qiladilar. Lekin o‘zlari yaratgan vaziyatlardan maksimal ravishda faoydalana olsalar, himoya borasida keyinchalik jiddiy muammolarga duch kelishmasa kerak. Lekin "Atalanta" qanday raqibga duch kelmasin, bir tempda hujumkor o‘yinini ko‘rsataveradi. Onana uchun bugun Malinovskining zarbalarini bartaraf etish oson bo‘lmaydi. Xullas, bugun bizni gollarga boy qarama-qarshilik kutib turibdi.

 

Yusufbek tayyorladi.

Kiritildi: 17:47, 27.10.2020.
O'qildi: 2437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.