YECHL guruh bosqichi 2-turining "RB Zalsburg"ga qarshi uchrashuvida "Atletiko" hujumchisi Joau Felish nafaqat jamoasiga g‘alaba keltirdi, balki klub rekordiga ham kirdi.
Uchrashuvning 52-daqiqasida avstriyaliklarga gol urganidan so‘ng, portugaliyalik futbolchi 19 yoshu 325 kun ichida "Atletiko"ning YECHLdagi eng yosh to‘purariga aylandi.