Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Qo‘qon-1912» shifokori: «Norbekov hamda Berdiyevning ahvoli biz o‘ylagandan ancha yaxshiroq»

«Qo‘qon-1912» shifokori: «Norbekov hamda Berdiyevning ahvoli biz o‘ylagandan ancha yaxshiroq»

Baho:
+ | -

Soca Cola superligasining 21-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – AGMK uchrashuvida Qo‘qonliklarning ikki nafar futbolchisi jiddiy jarohat olgan edi. Suhrob Berdiyev hamda Shohnazar Norbekovlarning salomatligi borasida xavotir olib ko‘plab muxlislar hamda OAV xodimlaridan murojaatlar bo‘lmoqda. Biz “Qo‘qon-1912” jamoasi shifokori Boburxo‘ja Abdazovdan futbolchilarning ahvoli qandayligi haqida so‘radik.

"AGMK bilan bo‘lib o‘tgan o‘yin biz uchun esdan chiqmaydigan o‘yin bo‘ldi desam bo‘ladi. Sababi ikki nafar futbolchimiz o‘yin davomida jiddiy jarohat olib , tez yordam mashinalari xizmatidan ikki marta foydalanishimizga to‘g‘ri keldi. Norbekov bir sutka davomida Qo‘qon shahridagi tez tibbiy yordam markazida shifokorlar nazoratida bo‘lib turdi. Kecha Toshkent shahridagi "Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi"da  Shohnazar Norbekov hamda Suhrob Berdiyevlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdik. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra Norbekovga “peshona suyagi tashqi plastinkasining sinish” tashhisi qo‘yildi. Mutaxassis shifokorlar bu vaziyatda bemorning xoxishiga qarab plastik jarrohligi amaliyotini  qo‘llasa bo‘ladi. Agar o‘zi istamas operasiyasiz ham davolash mumkinligini ta’kidlashdi. Norbekov jarrohlik amaliyotidan voz kechdi.SHohnazar barcha dori darmonlar bilan ta’minlanib,  uy sharoitida davolash muolajalarini  o‘tkazadigan bo‘ldi. Bizni xursand qilgani Shohnazarning peshona suyagi ichki plastinkasiga  zarar yetmagan.

Suhrob Berdiyevga esa “o‘ng oyoq kichik boldir pastki 1/3 qismi hamda ichki to‘piq suyagining sinishi” tashhisi qo‘yildi. Berdiyevga Qo‘qon shahar tez tibbiy yordam  markazida  dastlabki tekshiruvlar o‘tkazilinib, o‘sha joynnig o‘zida oyog‘iga gips bog‘lamlari qo‘yilgan edi. Futbolchi respublika shoshilinch tibbiyot yordam  markazida qayta ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, bu yerdagi  hamkablarimiz bilan maslahatlashgan holda biroz shoshilmaslikka qaror qildik. Berdiyev bir xafta davomida shifokorlar nazoratida bo‘lib turadi. Agar singan suyaklar gips yordamida bitishni boshlasa jarrohlik amaliyoti qo‘llanilmaydi. Aks holda esa futbolchi jarrohlik stoliga yotishiga to‘ri keladi.

Har ikki futbolchilar  kamida 30-45 kun oralig‘ida davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda futbol uchrashuvi kuni bizga o‘zlarining amaliy yordamlarini bergan AGMK shifokori Islom aka Abayevga hamda Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘taman".

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 13:59, 28.10.2020.
O'qildi: 2238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.