Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Peshqadamlar to‘qnashuvi. «RB Leypsig» Manchesterda (prevyu)

Peshqadamlar to‘qnashuvi. «RB Leypsig» Manchesterda (prevyu)

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining birinchi turi doirasida ortda qolgan mavsum finalchisi, "PSJ"ni mehmonda taslim etishni uddasidan chiqqan "Manchester Yunayted" bugun o‘z uyida Bundesliga peshqadami "Leypsig"ni mehmon qiladi.

Imkoniyatlar teng baholanayotgan ushbu bahsda "H" guruhidagi yetakchilik masalasi ham hal etiladi. Negaki, "Qizil iblislar" birinchi turda Parijdan uch ochko bilan qaytgan bo‘lsa, Yulian Nagelsman shogirdlari o‘z uylarida "Istanbul Bashakshexir" darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritishdi. Bugun har ikkala jamoa ham uchta favorit to‘plangan bu guruhda har bir ochko katta ahamiyat kasb etishini yaxshi anglagan holda maydonga tushishlari shubhasiz.

Birinchi turdan so‘ng to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda birinchi pog‘onani band etib turgan Leypsig Bundes Ligada ham yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan. Ole Gunnar Sulsher boshchiligidagi "Mancheste Yunayted"da esa milliy chempionatdagi ahvol havas qilib bo‘lmas darajada.

Ayni damda manchesterliklar APL doirasida besh o‘yinda 8 ochko to‘plab, 15- pog‘onani band etib turishibdi.

Primyer-liganing o‘tgan turida "Chelsi" bilan qayd etilgan nursiz durang ham"Qizil iblislar" ga nisbatan tanqidlarni kuchayishiga sabab bo‘lgan edi. Bugun esa Ole Gunnar Sulsher shogirdlari bor alamini "Leypsig"dan olishga harakat qilib ko‘rishadi.

JAMOADAGI O‘ZGARISHLAR

Xalqaro tanaffusdan so‘ng, Sulsher yarim himoyada samarali o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Skot Maktominay hamda Fred birgalikda jamoa o‘yiniga tasir eta olganligini "Nyukasl" va "PSJ" dagi g‘alabalar hamda "Chelse" ga qarshi bahs ko‘rsatib berdi. Katta ehtimol bilan 3-5-2 sxemasida o‘yin taktikasini shakllantirishi kutilayotgan Shulsher bu safar ham markazni Maktominay va Fredga topshirishi ehtimoldan yiroq emas.  Hujum chizig‘i vakili bo‘lgan Antone Marsialning diskvalifikasiyasi faqatgina APL doirasidagina amal qilishini hisobga olsak, fransuz hujum chizig‘ida Markos Reshford bilan juftlik hosil qilishi mumkin. O‘yinni jarohat sabab Erik Bailli hamda Jessi Lingard o‘tkazib yuborishlari ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda

O‘tgan mavsumda "Leypsig" to‘purari bo‘lgan Timo Vernirning klubdan ketishi jamoa o‘yiniga tasir o‘tkazishi ma’lum edi. Hujum chizig‘da yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida nemislar bir qancha transferlarni amalga oshirdi. Aleksadr Sorlot va Xi Xuan shular jumlasudandir.

Lukas Klostermanning tizzasidan olgan jarohati, Amadu Haydaraning esa COVID-19 testining ijobiy chiqishi "Old Trafford"dagi bahsda maydonga tushmaslik ehtimolini oshiradi.YArim himoya vakillari Adams hamda Laymerlar ham tizzasi bilab bog‘liq jarohat sabab o‘yinni o‘tkazib yuborishadi. 12 oylik jarohatdan forig‘ bo‘lgan Fransiiyalik himoyachi Ibrahim Konate nihoyat jamoa tarkibida ko‘rinish berdi. Konate ushbu bahsni asosiy tarkibda boshlashi mumkin.

TAXMINIY TARKIBLAR

"Manchester Yunayted": David de Xea, Xarri Maguayr, Aron Uan-Bissaka, Lyuk Shou, Skot Maktominay, Fred, Pol Pogba, Xuan Mata, Bruno Fernandesh, Antone Marsial, Markos Reshford.

Jarohatdagi futbolchilar: Jessi Lingard, Erik Bailli

"RB Leypsig": Peter Gulacsi, Dayot Upamikano, Ibrohim Konate, Angilino, Benjamin Henriks, Kristofer Nkunku, Lazar Samardzich, Josha Vost, Marsel Zabiser, Yusuf Poulsen, Emil Forsberg

Jarohatdagi futbolchilar: Lukas Klosterman, Amadu Haidara, Konrad Laymer, Adamas

Shahboz Qahhorov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:41, 28.10.2020.
O'qildi: 3895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.