Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Superliga. So‘nggi 4 tur uchrashuvlari haqida

Superliga. So‘nggi 4 tur uchrashuvlari haqida

Baho:
+ | -

Muxlislar tomonidan tushunmovchiliklar bo‘lib turibdi. O‘zPFL rasmiy saytida e’lon qilinayotgan materiallar qunt bilan o‘qib chiqilsa, biz klublarni biror masalaga majburiy chorlayotganimiz yo‘q ekanligini tushunishlari mumkin.

Hozir muxlislarning ma’lum miqdorda stadionlarga kirishiga ruxsat etilgan. Shundan kelib chiqib, oxirgi to‘rt tur uchrashuvlari uy-safar tizimida o‘tsa, O‘zPFL ikki qo‘lini ko‘tarib shu yo‘ldan yurishga tayyor. Biroq shuning o‘zi bir qator jamoalarning e’tiroziga sabab bo‘ladi. Murabbiylar ichidan faqatgina Vadim Abramov uy-safar tizimida qolish variantini ilgari surdi xolos.

Markazlashtirilgan musobaqaga bugun ehtiyoj yo‘q. Chunki viloyatlararo qatnovlar bemalol, samolyot, poyezd ishlab turibdi. Avgust oyida esa holat umuman boshqa edi, yo‘llar yopiq, qatnovlar to‘xtatilgandi. Toshkent shahar va viloyatidan boshqasiga esa 14 klubni o‘rinbosarlari bilan qo‘shib sig‘dira olmasdik.

Bugun O‘zPFL Toshkentga kelmoqchi bo‘lganlar va o‘z viloyatlarida qolmoqchi bo‘lganlar talabini birdek qondirishga harakat qilyapti, maydonlar shundan kelib chiqib belgilandi va hali-hamon klublar bilan ishlanyapti. Vodiyning ikki klubi o‘zaro kelishib, uchrashuvni Surxondaryoda o‘tkazmoqchi bo‘lsa, O‘zPFL shuni tashkil qilishga ham tayyor.

Ammo barchaning talabini birdek qondirish qiyin. Chunki klublarning hammasi "Paxtakor" stadionida o‘ynashni istaydi, "Bunyodkor" maysasini uncha xushlamaydi. Vodiy haqida gap ketsa, "Navbahor" maydoni yaxshi, Qo‘qon va Andijondagisini esa klublar istamaydi. Yil bo‘yi o‘z maydonida haqida aqalli bir so‘zli ma’lumot bermagan "Buxoro" ham, projektor masalasida so‘z ochmagan "Surxon" ham maydon tanlaydi va hokazo.   

Aytmoqchimizki, ovoz berish huquqi hammada bor va O‘zPFL shundan kelib chiqib ishlaydi. Shunday ekan, O‘zPFL unday qilyapti, bunday qilyapti degan gaplarga hojat yo‘q. Biz futbol muxlislaridan turli mish-mishlarga e’tibor qilmay, O‘zPFL berayotgan xabarlarni oxirigacha o‘qish va shundan keyin xulosa chiqarishni so‘rardik. Ishonamizki, 2021 yil pandemiyasiz bus-butun va shu vaqtgacha bo‘lganlari orasida eng qiziqarli chempionatni o‘tkaza olamiz.  

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 21:07, 28.10.2020.
O'qildi: 3003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.