Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Dilyaver Vaniyev: "Paxtakor" mahorat bobida kuchli. Ammo, bahona qilmoqchi emasman"

Dilyaver Vaniyev: "Paxtakor" mahorat bobida kuchli. Ammo, bahona qilmoqchi emasman"

Baho:
+ | -

Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Paxtakor" (1:4) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugun boshqacha variantda o‘ynamoqchi edik, chiziqlar orasidagi kompaktlikni ushlay olmadik. "Paxtakor"ga qarshi bunday o‘ynab bo‘lmaydi. Ochko ishlashga umid qilgan edik. Yigitlarga e’tirozim yo‘q. "Paxtakor" mahorat bobida kuchli edi. Ammo, bahona qilmoqchi emasman. Uchinchi va to‘rtinchi gollarni o‘zimizga o‘zimiz olib keldik. Individual xatolar pand berdi. Birinchi golni yana ko‘rib chiqish kerak, menimcha futbolchi o‘yindan tashqari holatda gol urdi.

— "Mash’al" bugun mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada jamoa o‘yinida ijobiy tomonga o‘zgarish bor. Bu o‘zgarishni qanday izohlay olasiz?

— Yigitlardan hammasini oddiylikdan va boshqatdan boshlashimizni so‘radim. Oldimizga g‘alaba qozonish vazifasi qo‘yildimi himoyada tartibli harakat qilish kerak. Shuningdek sxemada o‘zgarish qildik. O‘ng qanotda yosh futbolchini tushirdik. To‘g‘ri taktik jihatdan ayrim xatolarga yo‘l qo‘ydi. Lekin, o‘yini yomon emas. Keyingi uchrashuvlarda tushirishni o‘ylab ko‘ramiz. O‘yinimiz yaxshi, biroq nimadir yetishmayapti.

— Jamoaning olti oydan beri maosh olmayotgani haqida gaplar yuribdi. Siz bunga qanday fikr bildirasiz?

— Avval ham aytgandim. Moliyaviy tomondan muammolarimiz bor. Bu borada aniq javob bera olmayman, rahbariyatga murojaat qilganingiz ma’qul. Futbolchilarni tiklash qiyin. Ular bilan munosabatim yaxshi. Futbolchilarga shunday sharoitda maydonga tushib harakat qilishayotgani uchun rahmat aytaman.

— Bugun maydonda harakat qilgan yosh futbolchi Abdumalik Norqobilovning o‘yini haqida nima deya olasiz?

— Yuqorida ham aytib o‘tdim. Uni maydonga tushirdim, aynan Masharipovga qarshi qo‘ydim. Yomon taassurot qoldirmadi. Mashg‘ulotlarda ham yaxshi harakat qilmoqda. "Lokomotiv" bilan uchrashuvda ham imkoniyat berishimiz mumkin. Ifeani va Sirojiddin Qo‘ziyev diskvalifikasiya sabab qaydnomadan o‘rin olmadi. Nikita Pavlenkoda jarohat bor.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 08:21, 29.10.2020.
O'qildi: 2035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.