Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Messi va Ronaldu uddalay olmagan ishni eplaganlar (Top 7)

Messi va Ronaldu uddalay olmagan ishni eplaganlar (Top 7)

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Futbolda sovrinlar juda ko‘p, biroq ularning ayrimlargina qadrlanadi. Misol uchun klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa Yevropa Chempionlar Ligasi bo‘lsa, terma jamoalar uchun mundial oltin medallaridan muhimroq narsa yo‘q. Shaxsiy sovrinlar borasida esa, «oltin to‘p» yaqqol peshqadam. Frans Bekkebauer ushbu sovrinlarni qo‘lga kiritgan 8 ta futbolchining bittasi sanaladi. Xo‘sh, bu sovrinlarning barchasiga ega chiqqanlar kim? Bugun shu savolga atroflicha javob berib o‘tamiz. 

Ser Bobbi Charlton

Angliya futboli afsonasi haqida eshitmagan muxlis bo‘lmasa kerak. Myunhen falokatidan omon qilgan o‘spirin butun mamlakat tarixidagi eng kuchli futbolchi bo‘lib yetishadi. Og‘ir o‘tgan bolalikka qaramay, Bobbi 24 yil davomida yuqori darajada to‘p suradi va millionlab muxlislar orttiradi. Qahramonimiz avvaliga 1966 yilda Angliya bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritadi. O‘z maydonida bo‘lib o‘tgan turnirda Charlton 3 ta gol kiritadi va jamoasining eng yaxshi futbolchisiga aylanadi. Musobaqa yakunlangach, uni «France Football» «oltin to‘p»ga loyiq ko‘radi. Oradan ikki yil o‘tib, qahramonimiz «Manchester Yunayted» bilan Yevropa Chempionlar Kubogi (ECHLning oldingi nomi) oltin medallarini qo‘lga kiritadi. Charlton boshchiligidagi «MYU» finalda o‘sha davrning tengsiz klubi «Benfika»ni taslim etadi. Shu tariqa, futbol tarixida eng nufuzli 3 ta sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi futbolchi sifatida Ser Bobbi Charlton tarixga kiradi. 

Gerd Myuller

«Millat to‘purari» laqabi bilan mashhur bo‘lgan hujumchi ham Charlton bilan zamondosh bo‘lgan, biroq uning yulduzli onlari biroz keyinroq keldi. Germaniya terma jamoasi safida 62 ta o‘yinda 68 ta gol urgan hujumchining 10 ta goli JCH uchrashuvlarida darvozaga kiritilgani tahsinga sazovor. Qahramonimiz, 1970 yilda super to‘purarlik namoyish etgan bo‘lsada, JCH yarim finalida Germaniya Italiyaga mag‘lub bo‘ladi. Musobaqadan barchadan yorqin o‘yin ko‘rsatgan Gerd Myuller esa, yakunda «oltin to‘p»ni o‘ziniki qilib oladi. Oradan 2 yil o‘tib, qahramonimiz avvaliga Yevropa chempionligini, 4 yil o‘tib Jahon chempionligini qo‘lga kiritadi. 1974 yildagi musobaqa finali haqida avvalroq katta maqola e’lon qilgan edik. Klublar borasida ham Myullerning omadi kelgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Qahramonimiz Myunhenning «Bavariya» klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. Myuller klub safida 607 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 565 ta gol yozib qo‘ygan. Shuningdek, ushbu klub safida Gerd Evropa chempionlar kubogida ham zafar quchgan.

Paolo Rossi

Italiyalik futbolchi haqida turli qarashlar mavjud. To‘g‘ri, u kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishda ayblangan va ikki yil qamoq jazosini o‘tagan. Shunday bo‘lsada, uning maydonda to‘xtatib bo‘lmas edi. Ayniqsa, 1982 yildagi mundial so‘zimizga isbot bo‘la oladi. O‘sha musobaqada Rossi 6 ta gol kiritibgina qolmay, finalda Germaniyani mag‘lub etishda ham jonbozlik ko‘rsatadi. Yil yakunida esa, uni «oltin to‘p»ga loyiq topishadi. Oradan uch yil o‘tib, qahramonimiz «Yuventus» safida Yevropa Chempionlar kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘ladi. Og‘ir o‘tgan final bahsida «Liverpul» taslim etiladi. Rossi esa, musobaqa yakunda UEFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etiladi. 

Zayniddin Zidan

Zidan Fransiya terma jamoasini birlashtirgan va ilk bor JCHda g‘alaba qozonishiga zamin yaratgan futbolchi sifatida tarixda abadiy qolishi turgan gap. Chinakam yetakchi va «jangchi» sanalgan qahramonimiz 1998 yilda mundial g‘olibiga aylanadi. Ikki yildan so‘ng, Yevropa chempionligi. Keyinroq qahramonimiz «Real Madrid» bilan shartnoma imzolaydi va «qirollik klubi» faxriga aylanadi. Uning 2002 yildagi YCHL finalida "Bayer" darvozasiga kiritgan goli haqida alohida maqola yozish lozim. Umuman olganda, Zizu qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni yutgan kam sonli futbolchilardan biri! Ko‘plab nashrlari uni Butun boshli Fransiya futbolidagi eng yaxshi futbolchi deb tan olishgan. 

Rivaldo

Toshkentning «Bunyodkor» futbolchi ushbu ro‘yxatdan o‘rin egallagani ko‘pchilikni hayron qoldirmasligi aniq. Sababi, o‘z vaqtida Rivaldo sayyoramizning eng kuchli futbolchisi edi. Og‘ir o‘tgan bolalikka qaramay, qahramonimiz yutish mumkin bo‘lgan barcha musobaqalarda oltin medallarni o‘ziniki qilib oldi. Uning «Barselona» safida ko‘rsatgan «mo‘’jizalari» sababli 1999 yilda «oltin to‘p» topshirildi. Aynan u ushbu sovringa ega chiqqan birinchi boshqa qit’a vakillaridan biri sanaladi. Gap shundaki, avvalri «France Football» bu sovrinni Yevropalik futbolchilardan biriga berar edi. Oradan 3 yil o‘tib, Rivaldo Brazliya bilan birgalikda Osiyoda bo‘lib o‘tgan mundialda g‘alaba qozonadi. O‘sha turnirda ularni to‘xtatib qolishga qodir kuch yo‘q edi. Qahramonimiz, «Barselona»ni «Milan»ga almashtirgach, biroz asosiy tarkibdan tushib qolgani rost, Ammo bu transfer unga Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkonini taqdim etadi. 2003 yilda «Milan» «Yuventus»dan penaltilar seriyasida ustun kelgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan desak, adashmagan bo‘lamiz. 

Ronaldinyo

Afsuski, Ronaldinyoning futbol sahnasidagi qo‘shig‘i uzoqqa cho‘zilmadi. Qahramonimiz 3-4 mavsum yuqori darajada to‘p surdi, keyin esa futboldan «zerikib» qoldi. Oqibatda, unda ortiqcha vazn, tartibsiz hayot ko‘zga tashlana boshladi. Shunday bo‘lsada, qisqa muddat ichida Ronaldinyo sayyoramizning eng kuchli 8 ta futbolchisidan biriga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. 2002 yilda JCH g‘olibi, 2005 yilda «oltin to‘p» va 2006 yilda Yevropa Chempionlar Ligasi oltin medallari. Qandaydir 4 yil ichida Ronaldinyo nafaqat sovrinlarni, balki muxlislarning hurmatini ham abadiy o‘ziniki qilib oldi. 

Kaka

Bu futbolchini yodga olar ekansiz, hayolingizga uning «Real Madrid»dagi omadsiz mavsumlari kelishi turgan gap. To‘g‘ri, Kaka «qirollik klubi»ga kelganiga qadar, deyarli barcha muhim sovrinlarni yutib bo‘lgan edi. Uning «Milan» libosidagi o‘yinlari yodingizdami?!
Maydon markazini bir o‘zi boshqargan futbolchi avvaliga 2002 yilda Braziliya bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritadi. To‘g‘ri, o‘sha musobaqada Kakani asosiy futbolchi edi deb bo‘lmaydi, biroq 2007 yilda u «Milan» bilan Yevropa Chempionlar ligasida «mo‘’jiza» namoyish etadi. Uning finaldagi assistlari sababli «Liverpul» mag‘lub etiladi. Qahramonimiz Messi va Ronaldu erasidan avvalgi «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi. 

P.S Ushbu ro‘yxatda nima uchun Messi va Ronalduning yo‘q ekanligini kundek ravshan. Ularga terma jamoa bilan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida g‘alaba qozonish nasib etganicha yo‘q. Shunday bo‘lsada, bu kemtik nuqtani to‘ldirish uchun hali vaqt bor. To‘g‘ri, imkoniyat ko‘p emas, ammo urinib ko‘rsa bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:16, 29.10.2020.
O'qildi: 11556 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.