Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Superliga. "Nasaf" o‘z maydonida g‘alaba qozondi

Superliga. "Nasaf" o‘z maydonida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo‘lib o‘tgan "Nasaf" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs Superliganing 22-tur o‘yinlarini boshlab berdi.

Turning qiziqarli va markaziy uchrashuvlaridan biri aynan Qarshi shahrida bo‘lib o‘tdi. Turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida borayotgan jamoalarning o‘zaro uchrashuvi qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘ldi.

Uchrashuvning 28-daqiqadasi mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Bosh hakam Zokir Qodirov "Nasaf" posboni o‘z jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisiga qo‘pol o‘ynadi deb topdi va maydon egalari darvozasi tomon penalti belgiladi. To‘p oldiga odatda 11 metrli jarima to‘plarini bexato amalga oshiradigan Murod Xolmuhammedov yaqinlashdi va uning yo‘llagan zarbasini "Nasaf" posboni Abduvohid Ne’matov qaytarib qoldi.

O‘yinning 55-daqiqasida esa "Nasaf" jamoasining uyushtirgan hujumini Bobur Abduholiqov gol bilan yakunladi.

Bellashuvning so‘nggigacha har ikki jamoada bir qator golli vaziyatlar sodir etilgan bo‘lsa-da, darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

"Nasaf" – "Qo‘qon-1912" - 1:0

31.10.2020 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion.

Hakam: Zokir Qodirov

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 8. Dilshod Saitov (15. Jo‘rabek Mannonov, 12), 10. Bobir Abdiholiqov, 14. Sharof Muhitdinov, 20. Islom Kenjaboyev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev (7. Dilshod Rahmatullayev, 75), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umar Eshmurodov.

“Qo‘qon-1912”: 21.Muzaffar Abdullayev, 3.Bobur Akbarov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev (19.Hamidullo Abduhamidov, 66), 13.Sardor Azimov (91.YAkuba Bamba, 73), 14.Avaz Mamatxo‘jayev (17.Muzaffar Muzaffarov, 73), 15.Oybek Rustamov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 69.Filip Rayevas, 70.Murod Xolmuhammedov.

Gol: Bobir Abduxoliqov 55, - 1:0

Amalga oshirilmagan penalti: Murod Xolmuhammedov 28.

Ogohlantirishlar: Avazxon Mamatxo‘jayev 55, Ivan Yosovich 56, Sherzod Nasrullayev 90+4, Muzaffar Muzaffarov 90+4.

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Sardor Qudratullayev

Kiritildi: 18:54, 31.10.2020.
O'qildi: 2830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.