Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Zidan: «Madridda har kuni yangi final bo‘ladi»

Zidan: «Madridda har kuni yangi final bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan YECHLning 3-tur doirasida «Inter»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Inter» – yaxshi jamoa. Ular jismoniy tayyorgarlikka katta urg‘u berishadi va futbolni yaxshi o‘ynashadi. Bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Bu navbatdagi final bo‘ladi.

Bu final, biroq, Madridda har kuni yangi final bo‘ladi. Biz buni bilamiz va ehtiyotkorlik bilan o‘ynashga harakat qilamiz. Ertaga uch ochko olmoqchimiz.

Bu yerga jamlangan barcha futbolchilar tarix yaratishga tayyor. Eden Azar, Karim Benzema va Marko Asensiolar jamoamiz uchun juda muhim. Aminmanki, ular muhim rol o‘ynaydi.

Bilaman, jamoada nimanidir o‘zgartirish haqida gap-so‘z bo‘ldi. Biroq, jamoadagilarning barchasi g‘alaba qozonish niyatida ekanliklarini ko‘ryapman, bu murabbiy uchun juda yaxshi», – dedi fransiyalik murabbiy.

Kiritildi: 19:40, 02.11.2020.
O'qildi: 3239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик