Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

«MYU» sobiq murabbiyi: «Pogba yuqori saviyadagi futbolchi emas»

«MYU» sobiq murabbiyi: «Pogba yuqori saviyadagi futbolchi emas»

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq murabbiyi Rene Melensten jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba haqida fikr bildirdi. U Pogbani top-futbolchi sifatida hisoblamasligini yashirmadi.

«Siz xohlaganingizcha iste’dodli bo‘lishingiz mumkin, lekin, asosiysi – har doim mehnat qilish kerak. Faqat mehnatdan keyin futbolchining fazilatlari namoyon bo‘ladi. O‘ylaymanki, Pogba unchalik ham mehnat qilishni xohlamayapti. Bu sezilmoqda. U juda sekin harakat qilmoqda, raqiblar esa bundan unumli foydalanmoqda.

Pogba shubhasiz iqtidorli futbolchi. Ko‘pchilik uni jahon saviyasidagi futbolchi deb hisoblaydi. Lekin men bunday demagan bo‘lardim. Bunday nomga kimlar loyiq ekanligini men juda yaxshi bilaman. Pogba o‘zidan kutilgan natijani qayd eta olmayapti», - dedi Melensten Stadium Astro bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Melensten 2001-2006 yillar davomida "MYU"ning 18 va 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilariga ustozlik qilgan. Shuningdek, 2007-2013 yilgacha asosiy jamoada yordamchi murabbiy bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.

Kiritildi: 12:23, 03.11.2020.
O'qildi: 4275 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.