Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Vadim Abramov: «Paxtakor» chempionlikni bizning maydonda nishonlamasligini istagandik»

Vadim Abramov: «Paxtakor» chempionlikni bizning maydonda nishonlamasligini istagandik»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 18-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Paxtakor» (3:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

"O‘ylashimcha, yomon o‘yin bo‘lgani yo‘q. Qolaversa, shunday bahsni muxlislar ham bevosita stadionda kuzatgani yaxshi bo‘ldi. Fikrimcha, bellashuv ishqibozlarga ma’qul keldi. Biz uchrashuvni ishonchli boshladik, lekin birinchi goldan keyin negadir ko‘proq himoyani o‘yladik. To‘g‘ri, «Paxtakor» kuchli raqib, tarkibdagi futbolchilar tajriba borasida ustun. Qaysidir ma’noda omadimiz ham keldi. Birinchi davradagi bahsda hamma gol bizning darvozamizdan joy olgandi. Bu safar aksi bo‘ldi. Futbolda shunaqa. Lekin ikkita ko‘p bo‘lib turib nazoratni o‘z qo‘limizga ololmadik. Nazarimda bu hissiyotlar bilan bog‘liq.

Butun mavsum davomida bunday o‘ynab bo‘lmaydi. «Paxtakor» prinsipial raqib bo‘lgani uchun barcha futbolchilar o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi, borini berdi. Qolaversa, birinchi davrada alamli tarzda yirik hisobda yutqazgandik. Yigitlar o‘sha mag‘lubiyatga loyiq emasligimizni isbotlash uchun ham bugun o‘ynashdi. Shuningdek, bugun «Paxtakor» chempion bo‘lishi kerak edi. Yigitlar bilan o‘yindan oldin «Paxtakor» chempionlikni bizning maydonda nishonlamasliklari kerakligini gaplashgandik, niyatimizga yetdik", — dedi Abramov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:11, 05.11.2020.
O'qildi: 4122 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик