Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«MYU»ga Pochettinyo kerak

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi «Tottenhem» klubining sobiq ustozi Maurisio Pochettinyoni klubga taklif etmoqchi.

"Manchester Evening news" nashrining ma’lum qilishicha, klub allaqachon taklif yuzasidan argentinalik murabbiy bilan aloqaga chiqqan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Pochettino taklif borasida bosh qotirmoqda va katta ehtimol bilan qishda jamoani qabul qilib oladi.

«Barselona»ga Ndombele kerak

Kataloniya super klubi «Tottenhem»da o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ygan Tange Ndombele bilan shartnoma imzolash niyatida.

Klub qishda saylovlarga bor e’tiborini qaratgani uchun transferni katta ehtimol bilan kelasi mavsum startida amalga oshiradi. "Goal" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi ham boshqa jamoada to‘p surish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta ilgari uning jamoa bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan janjallashib qolgani haqida xabar tarqalgan, ko‘p o‘tmay hammasi o‘z izmiga tushib ketgan edi.

Xoland ketadimi?

Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Erling Xoland mavsum so‘nggida jamoada qolishi yoki ketishi borasida klub bosh direktori Xans-YOaxim Vatske ma’lumot berdi.

Uning aytishiga qaraganda, jamoa kelasi mavsumda futbolchining tovon pulida ko‘rsatilgan 75 million yevro evaziga uni qo‘yib yubomoqchi emas. Vatskening ma’lum qilishicha, Erling yana biroz Dortmundda qolishi lozim.

Bild nashrining ma’lum qilishicha, klub allaqachon Mino Rayola bilan uning jamoada qolishi borasida muzokaralar boshlab yuborgan.

Hediraning taqdiri hal

Turinning «Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Sami Hedira borasida yakuniy qarorga keldi.

"Tuttosport" nashrining ma’lum qilishicha, Hedira birinchilardan bo‘lib qishki transferga qo‘yiladigan futbolchiga aylandi.

Manbaning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi bilan PSJ jamoasi jiddiy qiziqish bildirgan, biroq futbolchining o‘zi MLS variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Jemerson ortga qaytmoqda?!

Braziliyaning «Korintians» jamoasi «Monako» klubi markaziy himoyachisi Jemersonni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, Braziliya klubi 28 yoshli himoyachini 700 ming yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oladi.

Manbaning ma’lum qilishicha, seshanba kuni futbolchi o‘z vataniga yetib boradi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, himoyachi «Monako» safiga 2016 yilda kelib qo‘shilgan bo‘lib, uning hisobida 100 ta o‘yin mavjud.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:50, 05.11.2020.
O'qildi: 6833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.