Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

1998 yil. «Barselona» jamoasi UYEFA kubogini nishonlamoqda. Davra to‘rida bayramning asosiy sababchi.

Andrea Pirlo, Nikola Ventola va Paulo Souzu uchligi. Ular Italiya futboli kelajagi bo‘lishi taxmin qilingan edi, biroq faqat Pirlogina kutilgan darajaga ko‘tarildi!

Maradonani tanidingizmi?!

"Atletiko« jamoasi prezidenti Xesus Xill o‘zining »jangovar" boshqaruv uslubi bilan dong taratgan. Uning juda ko‘p keskin qarorlari shu xonada qabul qilingan desak, adashmagan bo‘lamiz.

1998 yil. Xidyatoshi Nakata Argentina terma jamoasi darvozasiga zarba yo‘llanmoqda. Aynan shu musobaqadan so‘ng, uning Yevropa bo‘ylab sayohati boshlangan. F

Ayni damda Gollandiya chempionatini deyarli boshqa mamlakatlar tomosha qilmaydi. Yaqin o‘tmishda esa, vaziyat umuman o‘zgacha edi. To‘p uchun kurashda Blind va Larsson. Ortda ularni Edgar Davids tomosha qilmoqda. Shu uchgina nomning o‘zi «Erediviziya» naqadar qudratli bo‘lganidan dalolat.

1997 yil. O‘spirin Beks «Manchester Yunayted»ning yangi «olmosi» deb e’tirof etilgan yil. Uni oldinda nimalar kutayotganini taxmin qilmagan bo‘lsa kerak.

Kiyevlik Aleksey Mihayilichenko «Sampdoria» safiga o‘tgach, negadir ko‘zga tashlanmay qoldi. U bir mavsumdan so‘ng ketdi va klub Manchini va Vialli bilan birgalikda UYEFA chempionlar kubogi finaliga qadar yetib bordi.

Ser Aleks Angliyada yaqqol peshqadamlikni ta’minlab berishga qodir yangi futbolchini jamoaga jalb etdi. Tez orada Erik butun APLni zabt etadi. Uning ko‘zlaridagi o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni sezyapsizmi?!

1998 yil. Roberto Badjjo «Inter»ga o‘tdi! Afsuski, uning yulduzli onlari o‘tib bo‘lgan, hayotidagi eng muhim penaltini yo‘qqa chiqargan davrlari...

Paolo va Fabio Kannavarolar tandemi! Ulardan biri o‘rtacha faoliyat olib borgan bo‘lsa, ikkinchisi «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan so‘nggi himoyachi unvonini hech kimga bermay kelmoqda.

Qizlarga suyagi yo‘qligi bilan tanilgan Jorj Best turmush o‘rtog‘i Eva Xarlsted bilan birgalikda. 

Pele esa, uning tamomila aksi deb bo‘lmaydi...

Georgi Xadji va Paolo Maldini to‘qnashuvi! Ularni bugungi avlod muxlislarining aksariyati unutib ham qo‘ydi.

Kutilmagan kadr! Ko‘k rangdagi «MYU» oq rangdagi «Inter»ga qarashi! Pol Skloulz jarimadan kuchli zarba yo‘llanmoqda. Bu zarba qanday yakun topganini bilsangiz kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:32, 06.11.2020.
O'qildi: 4650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.