“Universal” sport saroyida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida erkaklar o‘rtasida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Bugun bo‘lib o‘tgan yarim final bahslari ertaga mamlakat chempionligi uchun ringga ko‘tariladigan bokschilar nomini aniqlab berdi.
Kutilganidek, bir qator vazn toifalarida terma jamoaning yetakchi sportchilari hal qiluvchi bahsga yo‘llanma olishdi. Ta’kidlash joiz, -60 kg vazn toifasining final anonsi boshqalariga qaraganda boshqacha jaranglamoqda. Boisi ushbu vazn toifasida Osiyo o‘yinlarining finalchisi Shunqor Abdurasulov va o‘smirlar Olimpiadasi chempioni Abdumalik Xalakov to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz.
Ertaga 11:00 da boshlanadigan final juftliklari bilan tanishing:
– 49 kg. Nodirjon Mirzaxmedov – Ibrohim Ishjanov
– 52 kg. Mironshox Ibragimov – Shahzod Muzaffarov
– 57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov – Xurshidbek Rasuljonov
– 60 kg. Shunqor Abdurasulov – Abdumalik Xalakov
-63 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Aliyor Noraliyev
– 69 kg. Bobousmon Baturov – Javlonbek Yo‘ldoshev
– 75 kg. Saidjamshid Jafarov – Odiljon Aslonov
– 81 kg. Dilshodbek Ro‘zmetov – Temurxon Soburov
– 91 kg. Sanjar Tursunov – Madiyor Saidrahimov
+ 91 kg. Lazizbek Mullajonov – Jahongir Zokirov