Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Dinamo» - «Neftchi»: 58 yillik raqiblarning 48-to‘qnashuvi

«Dinamo» - «Neftchi»: 58 yillik raqiblarning 48-to‘qnashuvi

Baho:
+ | -

Pro liga 16-turining markaziy uchrashuvi Samarqandda «Dinamo» va «Neftchi» o‘rtasida kechadi. Superliga aksariyat uchrashuvlardan-da qiziqarli va shiddatli o‘tishi kutilayotgan ushbu bahs jamoalarning O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi o‘zaro 48-to‘qnashuvidir. Samarqand va Farg‘ona viloyatining bosh jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik oldidan o‘yin prevyusini keltiramiz.

1-bosqichda qanday natija qayd etilgan?
Ushbu jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi Farg‘onada o‘tgan bo‘lib, unda mezbonlar minimal hisobda (1:0) g‘alaba qozongan. Mansur Saidovning uzatmasidan keyin Jamshid Qobulovning yagona goli «Neftchi»ga g‘alaba keltirgan edi. 2-davrada ham Farg‘ona klubi Samarqanddan 0:1 hisobidagi kichik g‘alaba bilan qaytgandi.

O‘zaro o‘yinlar tarixi: Ustunlik kimda?

1960 yilda tashkil topgan «Dinamo» jamoasi va 1962 yilda tashkil etilgan «Neftchi» jamoasi sobiq Ittifoq chempionatlaridadan tashqari Oliy Liga tarixida ham o‘zaro 47 marta kuch sinashishgan.

Natijalar “Neftchi”ning kattagina ustunligini ko‘rsatmoqda. Farg‘onaliklar 47 bahsning 32 tasida g‘alaba qozonishgan. Aksariyat g‘alabalar “Neftchi”ning ko‘p yillik ustozi Yuriy Sarkisyan davriga to‘g‘ri keladi. 12 uchrashuvda “Dinamo”ning qo‘li baland kelgan. Uchta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati ham tabiiyki “Neftchi” foydasiga 87-40. O‘zaro o‘inlarda “Neftchi” 99 ochoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Dinamo” 39 ochkoga ega bo‘lgan.

Samarqandda o‘tgan so‘nggi 8 uchrashuv:
25.09.2020  «Dinamo» - «Neftchi» 0:1
08.11.2017  «Dinamo» - «Neftchi» 1:0
09.23.2015  «Dinamo» - «Neftchi» 0:1
17.10.2014  «Dinamo» - «Neftchi» 0:0
08.11.2013  «Dinamo» - «Neftchi» 2:0
17.11.2012  «Dinamo» - «Neftchi» 2:0
09.09.2011  «Dinamo» - «Neftchi» 2:0
15.05.2010  «Dinamo» - «Neftchi» 3:1

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt:
“Dinamo” o‘z uyida bu raqibga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda 10 marta zafar quchgan. Bir marta durang qayd etilgan. 13ta uchrashuvda “Neftchi” Samarqandda g‘olib bo‘lgan. Oxirgi 9ta o‘yinda “Neftchi” safarda «Dinamo» darvozasiga 3ta gol urgan.

O‘yin anonsi va translyasiya
Samarqanddagi markaziy uchrashuvni Futbol TV telekanali jonli efirda namoyish etishi rejalashtirilgan.

Pro liga. 16-tur.
10 noyabr (seshanba)
«Dinamo» - «Neftchi»
Samarqand, Dinamo stadioni.
Chipta narxi: 10 ming so‘m
Uchrashuv boshlanish vaqti: 14:00
TV-translyasiya: FutbolTV

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:15, 10.11.2020.
O'qildi: 2057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.