Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Liverpul» himoyachisi operasiya qilindi

«Liverpul» himoyachisi operasiya qilindi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Liverpul» klubi himoyachisi Jo Gomes jiddiy jarohat oldi.

Bugun 23 yoshli himoyachida Londonda muvaffaqiyatli operasiya qilindi. Shifokorlar Angliya terma jamoasining kechagi mashg‘ulotida jarohat olgan himoyachining chap oyoq tizzasini operasiya qilishdi.

«Liverpul» klubining rasmiy bayonotiga qaraganda, Gomesning tizza to‘qimalariga zarar yetmagan. Angliyalik himoyachi klub shifokorlari nazoratida reabilitasiya qilinadi.

Hozirda «Liverpul» futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi haqida aniq ma’lumotga ega emas, biroq Gomes 2020/21 yilgi mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Shu tariqa "qizillar"ning ikki muhim himoyachilar uzoq muddatga safdan chiqdi.

Avvalroq, Virdjil van Deyk «Everton» darvozaboni Jordan Pikfordning yetkazgan jarohati sabab mavsumni muddatdan oldin yakunlashga majbur bo‘lgandi.

Kiritildi: 20:33, 12.11.2020.
O'qildi: 2471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик