«Valensiya» darvozaboni Yasper Silessen muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, lekin u tez orada safga qayta olmaydi.
Posbon bir hafta oldin mashg‘ulotlar jarayonida jarohat orttirgan bo‘lib, keyinchalik jiddiy operasiyani boshidan kechirishiga to‘g‘ri keldi. «Marca»nashrining ma’lum qilishicha, hozir uning ahvoli yaxshi. Biroq, muskul to‘qimalarining tez shikastlanishini oldini olish maqsadida futbolchi 3-4 oy davomida maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Silessen «ko‘rshapalaklar» tarkibiga o‘tgan yozda «Barselona»dan kelib qo‘shilgan bo‘lib, 24 o‘yinda maydonga tushgan edi. Lekin joriy mavsumda asosiy tarkibning ko‘p bahslari ikkinchi posbon xisoblanuvchi Jaume Domenekka ishonib topshirilmoqda.