Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Liverpul»ning qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

«Liverpul»ning qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bir yo‘la ikki nafar markaziy himoyachisini uzoq muddatga yo‘qotgach, transfer rejalarini tuzib chiqishga majbur bo‘ldi.

The Athletic xabariga ko‘ra, mersisaydliklarning yaqin vaqt ichidagi asosiy maqsadi «Leypsig» himoyachisi Dayo Upamekano bo‘lib turibdi. «Qizillar» 22 yoshli fransiyalik futbolchini 2021 yilning yozida xarid qilishni maqsad qilgandi. O‘sha vaqtga borib uning shartnomasida 40 million funt tovon puli borasidagi band faollashadi.

«Liverpul» short-listida yana uch nafar himoyachi bor. Ro‘yxatdan «Brayton»ning 23 yoshli futbolchisi Ben Uayt o‘rin olgan, biroq «Liverpul» himoyachini chet el klubidan sotib olish arzonga tushadi deb hisoblamoqda. Shu maqsadda Premyer Liga amaldagi chempioni «Shalke-04»ning 20 yoshli turkiyalik o‘yinchisi Ozan Kabak yoki «Torino»ning 23 yoshli braziliyalik himoyachisi Bremerni olib kelmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul»ning ikki asosiy markaziy himoyachilari Virjil van Deyk va Jo Gomes jiddiy jarohatlar tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Shuningdek, ushbu pozisiyani yopishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi Fabinyoda ham jarohat bor.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:01, 13.11.2020.
O'qildi: 4020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик