Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

"Paxtakor" futbolchilarining Superligadagi ko‘rsatkichlari

"Paxtakor" futbolchilarining Superligadagi ko‘rsatkichlari

Baho:
+ | -

Futbol o‘yinlarini tahlil qiluvchi "Instat" kompaniyasi ma’lumotlari asosida "Paxtakor" futbolchilarining Superligidagi ko‘rsatkichlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Joriy mavsum umumiy shaxsiy ko‘rsatkichlar borasida Superligada eng yaxshi bo‘lib turgan 11 futbolchining 9 nafari jamoamiz a’zosi sanaladi. Eng yaxshi bo‘lib turgan Jaloliddin Masharipov 321 ball jamg‘argan. Dragan Cheran 275, Hojiakbar Alijonov 261, Sherzod A’zamov 256, Doston Hamdamov 255 ball to‘plashga erishgan. Shuningdek, Anzur Ismoilov, Odil Hamrobekov, Farruh Sayfiyev va Yegor Krimes dastlabki 11 o‘yinchi qatoridan o‘rin olgan. Faqat "Nasaf"ning ikki a’zosi Marko Stanoyevich va Oybek Bozorov ushbu 11lik ro‘yxatda boshqa klublar vakili hisoblanadi.

Superligada eng ko‘p golli vaziyatlar yaratgan futbolchi ham Masharipov bo‘lib turibdi. U hozirgacha o‘tgan o‘yinlarda 40ta shunday vaziyat sodir etgan. Cheran va "So‘g‘diyona"dan Jasur Hasanov 31tadan, "Nasaf"dan Marko Stanoyevich hamda "Bunyodkor"dan Sanjar Qodirqulov 18tadan golli imkoniyat yaratgan.

Darvozaga eng ko‘p aniq zarba bergan futbolchi Cherandir. Uning 37 zarbasidan 19tasi golga aylangan. Uning 50 foiz zarbasi darvozaga to‘g‘ri borgan. "Nasaf"dan Bobur Abduholiqov 29ta (43%), Nurillo To‘xtasinov 28ta (44%), jamoamizdan Igor Sergeev 26ta (49%) va "So‘g‘diyona"dan Shohruz Norxonov 25ta (42%) aniq zarba bergan.

To‘pni sheriklariga eng ko‘p aniq oshirishda Odil Hamrobekov yaqqol yetakchi bo‘lib turibdi. Uning hisobida 1733ta uzatma mavjud. 92 foiz uzatmalarni u aniq amalga oshirgan. "Bunyodkor"dan Lutfulla To‘rayev 1575ta (84%) uzatmaga ega bo‘lsa, undan keyin beshlikda "Paxtakor"ning uch futbolchisi joylashgan. Masharipov 1433ta (80%), Sayfiyev 1279ta (90%) va Anzur Ismoilov 1240ta (92%) uzatmani uddalashgan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 07:30, 14.11.2020.
O'qildi: 3775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.