Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Jasur Hamroyev: «Dinamo» g‘alabaga haqli edi. Oxirigacha kurashamiz»

Jasur Hamroyev: «Dinamo» g‘alabaga haqli edi. Oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -

Pro liga 17-turi doirasida «Dinamo» jamoasi Samarqandda «Sho‘rtan» bilan 1:1 hisobni qayd etdi. O‘yindan keyin «Dinamo» jamoasi bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Jasur Hamroyev o‘yin haqida to‘xtaldi.

«Sho‘rtan»ga qarshi uchrashuvda faqat g‘alabani ko‘zlagandik, ammo durang qayd etildi. O‘yin davomida juda ko‘p vaziyatlar yaratgan bo‘lsak-da, g‘alaba golini kirita olmadik. Yigitlarning o‘yinidan ham, ishtiyoqidan ham qoniqdik, deya olaman. Faqatgina to‘p darvozaga kirmadi. Uchrashuv hakamlarining muhim vaziyatlardagi aksariyat qarorlariga qo‘shilmayman. Yigitlar maydonda borlarini berishgandi. G‘alabaga haqli o‘yin namoyish etgandik. «Sho‘rtan»da ham yaxshi murabbiy va futbolchilar to‘p surishmoqda, ular ham ochko bilan qaytish uchun qattiq kurash olib borishdi.

«Sho‘rtan» bilan uch o‘yinda ham durang qayd etilgani bu raqibning ham kuchini ko‘rsatadi. «Sho‘rtan»ni oxirgi ikki o‘yinda ham mag‘lub etishga yaqin edik, ammo raqib hisobni tenglashtirishga erishib, hisobni saqlab qoldi.

Kuchli bosimni his qilayotganimiz yo‘q. Muxlislarimiz hammasini ko‘rib turishibdi, qo‘ldan kelgancha natijalarni yaxshilash uchun intilayapmiz. Ishqibozlarga bugungi qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiraman. Oldinda yana uchta o‘yin bor. Imkoniyat bor ekan, Superligaga chiqish uchun oxirigacha kurash olib boramiz», - deydi Jasur Hamroyev.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:04, 14.11.2020.
O'qildi: 2186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик