Kirish Ro'yxatdan o'tish

Diyor Imomxo‘jayev: «Alisher Nikimbayev kabi inson bilan ishlashni xohlamayman»

Diyor Imomxo‘jayev: «Alisher Nikimbayev kabi inson bilan ishlashni xohlamayman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev «Sport-TV» telekanalida bo‘lib o‘tgan jonli muloqotda hozirda Qatarda faoliyat yuritayotgan Alisher Nikimbayev haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Muxlislardan biri tomonidan yo‘llangan savol qo‘yidagicha bo‘ldi: «Alisher Nikimbayev ijtimoiy tarmoqlar orqali sizni va tashkilotingizni to‘xtovsiz tanqid qilib keladi. Bunga munosabatingiz qanday? U bilan birga ishlash haqida o‘ylaganmisiz?»

"Agar Nikimbayev yaxshi tanqidchi bo‘lsa, u holda O‘FAni ham tanqid qilishni o‘rgansin. U bilan birga ishlashni maqsad qilgandim. Umid Ahmadjonov (O‘FA sobiq prezidenti) meni ishga olgan vaqtda uning oldiga uch marta kirganman va Alisher Nikimbayevni ishga taklif qilishni so‘raganman. U bilan yaxshi aloqada bo‘lganmiz.

Umid Ahmadjonov shunday degan: «Istagan mutaxassisni olib keling, biroq bu masalani ortiq ko‘tarmang». Keyinchalik bu fikr to‘g‘ri ekanini tushunib yetdim. Mirabror Usmonov ham shu fikrda bo‘lgan yoki boshqa mutaxassislarni olaylik. Hech qaysisi bir-biriga o‘xshamaydigan insonlarning u kishi haqidagi fikri bir xil. Keyinchalik bu fikr menda ham shakllandi.

Uning tanqidlari faqat menga nisbatan qilinayotganini bilaman, biroq men shaxs uchun kurashmayman. Tizim uchun kurashaman, uni yaxshilashga harakat qilaman. Unday insonlarsiz ham futbolni yangi bosqichga olib chiqishga kuchimiz ham, qurbimiz ham yetadi. Men unday inson bilan hech qachon ishlashni xohlamayman!", — dedi Diyor Imomxo‘jayev.

Ma’lumot uchun, Nikimbayev o‘zining ijtimoiy sahifalari orqali bir necha bor PFL chiqarayotgan qarorlar va tashkilotning ish faoliyatiga oid jihatlarni tanqid ostiga olgan. O‘z navbatida Imomxo‘jayev ularning ayrimlariga o‘z munosabatini bildirib kelgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:26, 15.11.2020.
O'qildi: 7561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.