Kirish Ro'yxatdan o'tish

Krishtianu Ronaldu antirekord qayd etdi

Krishtianu Ronaldu antirekord qayd etdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi 5-turi doirasida kechgan bahsda Fransiya darvozasini ishg‘ol qilolmadi (0:1).

«Yuventus» hujumchisi Fransiya terma jamoasiga qarshi faoliyatidagi 6-o‘yinni o‘tkazdi. Ronaldu bu o‘yinlarning birortasida ham to‘p kirita olmadi.

Bu Ronaldu faoliyatida (klub va terma jamoa miqyosida) bir jamoaga qarshi o‘yinlarda qayd etilgan eng uzun quruq seriya bo‘ldi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida umumiy 102 ta gol urgan holda Ali Dayining afsonaviy rekordini (109) yangilashga yaqin turibdi.

Uning jamoasi keyingi o‘yinni 17 noyabr kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:20, 15.11.2020.
O'qildi: 5460 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик